Tissagetlar
Qiyofa
Tissagetlar (yunoncha, Thyssagetai) — antik davr mualliflari asarlarida qayd etilgan qadimgi qabilalar. Gerodot va boshqalarning guvogʻlik berishiga koʻra, Tissagetlar budinlar va savromapiardan Sharq va Shim.
Sharq tomonda, ulardan 7 kunlik masofadagi hududda yashaganlar. Tissagetlar oʻrmonlarda yashab, ovchilik bilan shugʻullanishgan, hayvon goʻshtlarini yeb, suyaklarini maʼbudlarga qurbonlik keltirishgan. Volgaorti, Uralning gʻarbiy tumanlari (Kama, Vyatka, Belaya, Chusovaya daryolari sohili boʻylab) ning oʻrmon zonasida yashashgan. Tissagetlarning Sharqiy Yevropaning shimolidagi qadimgi finugor qabilalari bilan qardoshligi haqida taxminlar mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |