Titan qotishmalar
Qiyofa
Titan qotishmalar - tarkibida muayyan miqdorda legirlovchi elementlar [alyuminiy A1 (8%), molibden Mo(30%), vanadiy (V 16%), marganets Mp (8%), temir Gʻe (5%) va boshqa] boʻlgan titan asosidagi materiallar. Mustahkamligi yuqori, uncha zich emas. Kriogen temperatura (—250°S) dan yuqori (300—600°S) tralarda dengiz suvi va boshqa yemiruvchi muhitlarda zanglash (korroziya) va yemirilishga turgʻun. Antifriksion (ishqalanishga qarshi) xossalari past boʻlgani uchun Titan qotishmalardan tayyorlangan detallarning ishqalanuvchi sirtlarini moylab turishga toʻgʻri keladi. Titan qotishmalar samolyotsozlik, raketasozlik, energetika mashinasozligi, kemasozlik, kimyo sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |