Kontent qismiga oʻtish

Titanmagnetit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Titanmagnetit - murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral — tarkibida koʻp miqdorda TiO2 ning kattik, eritmasi boʻlgan magnetit turi, Fe(Fe3Q, Ti)2O4. Fe, Ti va V larning kompleks rudasi. Unda Fe 50—55%; Ti 8—12%; V—0,5% gacha boʻladi. Tabiatda ilmenitli komponentlari koʻp (37% gacha) boʻlgan magnetitlar — titanmaggemitlar juda koʻp tarqalgan. Titanmagnetitlarda Al3Q, V4Q, Cr3Q, Mp2Q va boshqa aralashmalar holida uchraydi. Oktaedrik kristallar, donador agregatlar, kora rangli massalar shaklida boʻladi. Qattikligi 5—5,5; zichligi 4,8—5,3 g/sm3. Titanmagnetit konlari, asosan, magmatik boʻlib, oʻta asosli jinslar, asosli va ishqorli tog jinslari bilan bogʻliq; sochmalarda gʻam uchraydi. Titanmagnetitning yirik konlari Rossiya, Hindiston, Kanada, AQSH va Norvegiyada mavjud. Titanmagnetitdan temir, titan, vanadiy olinadi (yana qarang Temir rudalari, Titan rudalari).