Titr (kinematografiya)
Qiyofa
Titr (kinematografiyada) — filmlardagi yozuv. Sarlavha, oraliq T.lari, shuningdek, kadr ichidagi T. (subtitr)larga boʻlinadi. Sarlavha T.larida kinostudiya va filmning nomi, chiqarilgan yili, uni yaratishda qatnashgan ijodkorlarning ism, familiyalari koʻrsatiladi. Oraliq T.larda film seriyasi, qismlari, novella yoki lavhaning nomi beriladi. Baʼzi filmlarda tushuntirish matnlari ham uchraydi. Kadr ichidagi T.dan esa chet el filmlaridagi replika va dialoglar tarjimasini berishda, shuningdek, oʻquv filmlarini tushuntirishda foydalaniladi. T.lar, ayniqsa, ovozsiz kino davrida muhim rol oʻynagan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |