Kontent qismiga oʻtish

Tivit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tivit — qoʻy, echki, tuya, quyon va moʻynali hayvonlarning ingichka va mayin juni. Aksariyat jun qatlamining teriga yaqin qismida hosil boʻladi. T. tolasi ingichkaligi 15—30 mikron. Baʼzi qoʻy (merinos), echki va quyon zotlari juni faqat T.dan iborat boʻladi. T. hayvonlar junini qirqish (yiliga 1—2 marta), tarash yoki tullash paytida sidirish yoʻli bilan olinadi. Qoʻy T.idan eng yaxshi jun mato toʻqiladi, echki T.idan, asosan, roʻmol, tuya va quyon T.idan esa gilam, trikotaj buyumlar tayyorlanadi (yana qarang Jun).