Kontent qismiga oʻtish

Tiylyad Hojimurotov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hojimurotov Tiylyad1867-yili tug‘ilgan, Behbudiy rayoni Pestakent qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq amir amaldori, “to‘qsaboshi”, quloqqa tortilgan. 1928-yili bosmachilik faoliyati va O‘zSSR sudi faolini o‘ldirgani uchun oliy jazoga hukm etilgan va bu jazo 10 yil qamoqqa o‘zgartirilgan, 4 yil jazoni o‘tagach muddatidan oldin ozod etilgan. Hibsga olingunga qadar yakka xo‘jalik egasi bo‘lgan. Dushmanlik kayfiyatida bo‘lib doimiy ravishda aholi orasida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borganlikda, ochlik to‘g‘risida ig‘vo gaplar, mish-mishlar tarqatganlikda ayblangan.[1]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 91-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.