Kontent qismiga oʻtish

Tmk22

Vikipediya, erkin ensiklopediya

TMK22 (Toshkent, Moskva, Kuba nomlari bosh harflaridan) – oʻrtapishar pomidor navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida Oʻzbekiston, Rossiya va Kuba olimlari hamkorligida Xeyns va L178 navlarini chatishtirib yaratilgan (Ye. Yermolova, V. F. Pivovarov, S.T,Pessova, G. I. Klenova, 1986). Duragaylarning 1-2-avlodi sinovlari va tanlash Toshkentda, 3-avlodini sinash Kubada, 4-7-avlodi sinovlari Toshkentda oʻtkazilgan. Tupi, shoxlanishi oʻrtacha, balandligi 65—70 sm, mevasi yirik (120—145 g), choʻziq yumaloq, yuzasi silliq, pusti va eti qattiq, rangi qizil, tashishga chidamli. Tupida uzoq, turib qolsa ham sifati buzilmaydi. Tarkibida quruq modda 5,6%, qand 3,2%, C vitaminni 27 mg %.

Urugʻi issiqxonalarda fevral 3-dekadasida sepilib, koʻchati Toshkent viloyatida aprel 2-dekadasidan mayning 2-dekadasigacha 90x25 yoki 110x70x20 sm sxemasida ekiladi. Urugʻi unib chiqqach mevasi 120-125 kunda pishadi. Hosildorligi 450—700 s/ga. 1990-yilda davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari, Qirgʻiziston, Tojikistonda ekiladi. Uzoq masofalarga tashishga chidamli.