To'pqopi bog'i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parkning umumiy ko'rinishi
Panorama 1453-yilga tegishli tarix muzeyi

To'pqopi bog'i - To'pqopi bog'i Istanbulning To'pqopi shahrida qurilgan yangi avlod me'moriy bog'idir. Uning qurilishi 1999-yilda boshlanib, turli bosqichlarni bosib o'tib, hozirgi ko'rinishini oldi va 2009-yilda foydalanishga topshirildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istanbulning zabt etilishi paytida devorlarda ochilgan yoriqdan Sulton Mehmetning shaharga ilk bor kirgan joyi sifatida tanilgan ushbu tarixiy hudud uzoq vaqt yashil makon nomini saqlab qoldi. [1]

Madaniy meros kengashi qurilishga ruxsat bermagani uchun uzoq yillar tashlandiq va qarovsiz yer sifatida turgan bu hudud dastlab uysizlarning tez-tez tashrif buyuradigan joylaridan biri edi. Bu yerdagi asosiy tarixiy binolar vayron boʻlgan, hudud yonidagi qabriston va ichidagi tarixiy masjid nomaʼlum shaxslar tomonidan vayron qilingan. Mahalliy aholi o'tishdan qo'rqadigan va uysizlarning isinish uchun o't yoqishi sababli tez-tez yonib ketish xavfi ostida bo'lgan joy, Istanbul shahar hokimiyatining ko'plab sa'y-harakatlari natijasida qaytadan bunyod qilindi va ommaga taqdim etildi.

1999-yilda qurilishi boshlangan To'pqopi istirohat bog‘i qurilish davomida turli bosqichlarni bosib o‘tgan.Bog'dagi ko'plab tarixiy binolarning restavratsiya qilinishi bilan u hozirgi ko'rinishga ega bo'lgan. Bog'da yashil maydonlar, sayr qilish uchun yo'llar, bolalar uchun o'yin maydonchalari, suzish havzalari, masjidlar va avtoturargohlar qurib bitkazilib,foydalanishiga topshirildi. Bog'da, shuningdek, "Istanbulning zabt etilishi uch o'lchovda tasvirlangan" panoramali muzey va Takkeji (Takyeji) Ibrohim og'a masjidi ham mavjud.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hovuzlarlar

To'pqopi istirohat bog'i Eski Trakya va Anadolu avtobus terminallari joylashgan hududda qurilgan. Bog' janubdan Istanbul quruqlik devorlari, shimoldan D-100 avtomobil yo'li, g'arbdan Merkez Afandi qabristoni va sharqdan To'pqopi qabristonlari bilan o'ralgan. Uning umumiy maydoni 354 ming kvadrat metrni tashkil etadi. [2]

Arxitekturaviy xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amfiteatr

Avval Anadolu va Frakiya avtovokzallari joylashgan hududda 180 ming kvadrat metr oʻrmonzor va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi, bu yashil hududlar orasida hovuz va sharshara tashkil etildi. Taxminan 64 ming kvadrat metr maydonda umumiy sig‘imi 500 ta mikroavtobus va 1500 ta avtomashinaga mo‘ljallangan ikkita 4 qavatli yer osti avtoturargohi, 3 ming 300 kvadrat metr va 9 ming kvadrat metr maydonga ega 2 ta sport inshooti bunyod etildi. Ikkita 400 kvadrat metrlik ko'p maqsadli bolalar bog'i, eski Trakya avtobus terminali hududida 2 ming kvadrat metr maydonga tarqalgan "Fath" panoramali muzeyi, to'rt tomonida eski Usmonli me'morchiligi bilan yaratilgan 14 ta bir qavatli hunarmandchilik bozori, undan tashqari, Takkeji Ibrohim og'a masjidi, ko'p qavatli avtoturargohlarning chiqish joylarida savdo punktlari, kutish joylari va oshxonalar qurildi.

Millat ko‘chasidan shahar devorlariga kiraverishda piyodalar uchun mo'ljallangan yer osti yo‘lagi qurildi va bu o‘tish yo'laklarda savdo shaxobchalari joylashgan. Millat ko'chasi - Jevizlibağ yo'lidagi yer osti yo'li kengaytirildi va Millat ko'chasining Mavlono Kapi-Edirnekapi nuqtasi bilan kesishgan hududda 1400 kub metr suv sig'imiga ega hovuz qurildi. Loyiha doirasida sayrgohlar, yugurish va piyoda yo‘laklari, kundalik inshootlar, sayr qilish va ko‘rgazma maydonchalari, ochiq teatr, dam olish joylari hamda yer osti hojatxonalari qurilib, bog‘ bo‘ylab kuchli yoritish tizimi o‘rnatildi. [3]

Umumiy xususiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharshara

To'pqopi bog'ii, Angliyadagi "Hyde Park" uslubidagi bog' bo'lib, tuzilishi tufayli ko'plab yangiliklarni o'z ichiga oladi. Bogʻ oʻzining tarixiy va madaniy binolari, zamonaviy va ijtimoiy maydonlari bilan eʼtiborni tortadi. Shaharning tirbandligi va shovqinidan dam olish uchun mukammal joy bo'lgan ushbu bog', kattaligi jihatidan Yevropa davlatlaridagi tez qurilgan yangi avlod arxitektura parklariga o'xshaydi.

Yarimi yashil maydonlar bilan qoplangan bog'da velosiped yo'li, hunarmandchilik bozori va Istanbulning zabt etilishini aks ettiruvchi panoramik muzey tashrif buyuruvchilarning katta e'tiborini tortadi. Katta tabiiy suv havzalarga ega bo'lgan bog'da 1500 kishiga mo'ljallangan ochiq osmon ostidagi teatr ham mavjud. [4]

Bog'da nimalar bor[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Panoramali muzey;
  • 1500 kishiga mo'ljallangan ochiq osmon ostidagi teatr;
  • Biri 1500 ta, ikkinchisi esa 1300 ta mashinaga moʻljallangan ikkita yer osti avtoturargohi hamda 25 ta avtobus va 150 ta avtomashinaga moʻljallangan ikkita ochiq avtoturargoh;
  • Parkning turli qismlarida foydalanish uchun 3 ta oshxona va 8 ta hojatxona;
  • 1 kmlik velosiped yo'li, 3 ta katta suv havzasi;
  • 3 ta masjid, 2 ta bolalar maydonchasi (600 kvadrat metr);
  • Jami 60 ta yangi doʻkon, ulardan 45 tasi yer ostida va 15 tasi yer ustida, 23 ta Usmonli uylari, parkni sugʻorish uchun 1400 tonnalik suv idishi, taxminan 15 m balandlikdagi kuzatuv maydonchasi va vertolyot maydonchasi;
  • 183 ming kvadrat metr yashil maydon, 3 ming 250 daraxt va yuz minglab manzarali o'simliklar.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Topkapı parkı
  2. „Topkapı parkı konum“. 7 nisan 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 kasım 2011.
  3. „Topkapı parkı“. 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 kasım 2011.
  4. Topkapı parkı hayata geçiriliyor