Kontent qismiga oʻtish

Toʻqtagʻul suv ombori

Koordinatalari: 41°48′0″N 72°52′0″E / 41.80000°N 72.86667°E / 41.80000; 72.86667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(To'qtag'ul Suv Omboridan yoʻnaltirildi)

Toʻqtagʻul suv ombori
qirgʻizcha: Токтогул суу сактагычы
To‘qto‘g‘ul suv ombori 2023-yil avgust oyida.
To‘qto‘g‘ul suv ombori 2023-yil avgust oyida.
Morfometriya
Oʻlchamlari65 × 12 km
Maydoni284 km²
Sigʻimi19,5 km³
Maksimal chuqurligi28 m
Xarakteristikalar
Toʻldirilgan yili1970
Toʻgʻon balandligi215 m
Havza
Quyiladigan irmoqlarNorin daryosi Sichqon (daryo) Uzun-Ahmad Toʻrkent
Oqib ketadigan irmoqNorin
Joylashuvi
41°48′0″N 72°52′0″E / 41.80000°N 72.86667°E / 41.80000; 72.86667
MamlakatQirgʻiziston
TumanToʻqtagʻul tumani
Toʻqtagʻul suv ombori (Qirgʻiziston)
Qirgʻiziston 0 joy xaritaga ega emas.


Toʻqtagʻul suv ombori (qirgʻizcha: Токтогул суу сактагычы) - Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Fargʻona togʻ tizmalari orasidagi darada (Qirgʻiziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978-yil ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 km³, foydali hajmi 14,0 km1. Suv ombori sugʻoriladigan yerlar koʻlamini 400 ming gektarga koʻpaytirish va 900 ming ga ekinzorning suv taʼminotini yaxshilashga, Norin daryosining koʻp yillik oqimini boshkarish, suv xoʻjaligi va suvenergetika vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Quvvati 1200 MVt boʻlgan Toʻxtagʻul GESning ishlashini taʼminlaydi.

Gidrouzel quyidagi inshootlardan iborat: beton toʻgʻon, GES, zovurlar hamda filtratsiyaga qarshi vositalar, yordamchi inshootlar, toʻgʻonni mustahkamlovchi va boshqa yer osti inshootlari majmuasi. Murakkab topografik, geologik va gidrogeologik sharoitda amalga oshirilgan toʻgʻon qurilishida jahon amaliyotida birinchi marta bir qancha yangi texnologiyalar qoʻllangan.