Kontent qismiga oʻtish

Toʻtinoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(To'tinomadan yoʻnaltirildi)
"Toʻtinoma"

""Toʻtinoma" — Sharq xalklari orasida keng tarqalgan axloqiyestetik mavzudagi asar. Hindistonda sanskrit tilida xalq ogʻzaki ijodi asosida yaratilgan. Unda toʻtiqushning shahzoda Maymun va uning xotini Xujasta haqidagi ibratli hikoyalari majoziy shaklda badiiy aks ettiriladi. Asar avvalo hindlar orasitgʻ da "Shukasaptati" ("Toʻtining yetmish hikoyasi") nomi bn mashhur boʻlgan. Ziyo Naxshabiy "Toʻtinoma" nomi bn forstojik tiliga tarjima qilgan (1330). Asarda, asosan Maymun, Xujasta va Toʻtilarning oʻzaro munosabatlari misolida odoblilik, yaxshilik, vafodorlik kabi insoniy fazilatlar ardoqlangan, yomonlik, takabburlik, bevafolik, makkorlik qoralangan. "T." 52 hikoyadan iborat. Uning bir qancha variantlari yaratilgan: Hindistonda Muhammad’ Qodiriy (1718-asrlar) asarning forscha, Latifiy (19-asr 1yarmi) oʻzbekcha nusxasini yaratdilar (Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi). Shu davrda Mulla Qurbon Xiromiy Ziyo Naxshabiy asarini oʻzbek tilida sheʼriy yoʻlda yozib chiqqan. "Toʻtinoma" fors, ingliz, nemis, fransuz, rus va boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.

Nashri: Toʻtinoma (Hind ertaklaridan), 2nashri, T., 1962.