To'xtamish yorlig'i
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Toʻxtamishxonning 1393 yili polyak qiroli Yagʻayliga yoʻllagan yorligʻi yolgʻiz uygʻur xati bilan ikki varaqqa bitilgan. matn har qaysi varaqning oʻng tomoniga koʻchirilgan boʻlib, birinchisida 13 satr, ikkinchisiga esa12, jami 25 satrdan iborat. U oʻngdan chapga qarab yozilgan. Yorliq „Toxtamïsh sözüm Yağaylağa“ deb boshlanadi, u ikki satr qilib sarlavha shaklida berilgan. Birinchi satr (Toxtamïş sözüm), oltinchi satrning birinchi soʻzi (bizga), shuningdek, ikkinchi betning birinchi satridagi Tangri bizni yarlïqab hamda beshinchi satridagi bizga soʻzi zarhal rangda boshqa satrlardan ajratib yozilgan. 3-5-satrlar qolganlaridan ichkarirok yozilib, ularning oldida arab yozuvining kufa turida bitilgan biri ikkinchisining ichiga joylashtirilgan toʻrtburchak shaklidagi xon muhri bosilgan. Yorliqning soʻnggi 23-25-satrlarida uning tarixi (sanasi) keltirilgan: Taqağu yïl tarix yeti yuz toqson beşta rajap ayïnïng sekiz yangïda ordu Tandä erurda B(it)ikl(ä) dimiz (Tovuq yili tarixning yetti yuz toʻqson beshida rajab oyining sakkizinchisida oʻrda Tanda ekanligimizda yozdik). Matnning yozuv shakli oʻziga xos boʻlib, 14-15-asrlarda bitilgan boshqa yodgorliklar xatidan ancha farq qiladi. V. V. Radlov uni „moʻgul-uygʻur“ yozuv shakli deb atagan edi. Yozuvda tovushlarni farqlash maqsadida nuqta yoki qoʻshimcha ishoratlar qoʻyilmagan. Yorliqda tawuq ~ tağuq soʻzi taqağu shaklida uchraydi. Solishtiring:Mahmud Koshgʻariy devonida taqağu yïlï -tovuq yili (1, 331). Ism yasovchi -lïğ qoʻshimchasi ushbu matnda -lï shaklida qoʻllangan: başlïğ soʻzi başlï (4.. 7, 8, 15, 16- satrlar), atlïğ esa atlï (8-satr) shaklida uchraydi. Masalan: Qutlu buğa Asan başlï elçïlar. Hujjat 1834-yili Moskvada Tashqi ishlar vazirligining bosh arxividan topilgan. 1921-yildan boshlab Varshavada Markaziy arxivda saqlanmoqda. Uni O. M. Kovalevskiy, A. K. Kazembek, N. N. Berezin, V. V. Radlov rus tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa,Vasiliy Radlov (1888) hamda I. N. Berezin (1850) tomonidan amalga oshirilgan nashrlarda yorliq tarixiy-filologik jihatdan atroflicha tahlil etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]www.ziyouz.com kutubxonasi
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andoza:Adabiyotlar Qosimjon Sodiqov „Uygʻur yozuvi tarixi“ T.Maʼnaviyat 1997