Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlov berish
Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlov berish (ingl, straight-through processing, STP) — bu axborotga uzluksiz, toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlov berish jarayoni. Birlamchi maʼlumotlarni avtomatik tizimlar bilan birga, qoʻlda kiritish yoʻli bilan ham yaratish mumkin, lekin ularni keyinchalik uzatish va qayta ishlash toʻliq avtomatik tarzda roʻy beradi.[1] STP texnologiyasini mavzuga yaqinroq yoritiladigan boʻlsa, uni mijozlar va tashqi bozor oʻrtasida avtomatik vositachi vazifasini bajaruvchi brokerlik kompaniyasi deyish mumkin. Mijoz buyurtmalari avtomatik ravishda tashqi bozorda yoki yirik kontragentda bitimlar tuzish uchun yuboriladi.
Tranzaksiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]STP texnologiyasi 1990-yillarning boshlarida Londonda fond bozorlaridagi birja savdosi uchun avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish maqsadida ishlab chiqilgan.[2] Ilgari, toʻlovlarni amalga oshirish har doim qoʻl ishini talab qilgan.[3] Jarayon koʻpincha bir necha soat davom etardi. Bundan tashqari, odamlarning qoʻshimcha aralashuvi xatolar roʻy berish xavfini oshirardi. STP yordamida pul yoki qimmatli qogʻozlar operatsiyalarini oʻsha kunning oʻzidayoq qayta ishlash va tuzish mumkin. Toʻlovlar turli sabablarga koʻra STP ga oid emas boʻlishi ham mumkin.[4]
Afzalliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]STP toʻliq joriy etilsa, u aktivlarni boshqaruvchilarga qayta ishlov berish tsikllarini qisqartirish, hisob-kitoblardagi xatarlarni kamaytirish va operatsion xarajatlarni kamaytirish kabi afzalliklarni berishi mumkin.[5] Sohadagi ayrim tahlilchilarning hisoblashicha, 100 % avtomatlashtirish — bu erishib boʻlmaydigan vazifadir.[6] Buning oʻrniga, ular firma ichida ichki STP darajasini oshirish gʻoyasini ilgari surmoqdalar, bunda firmalar guruhlarini birgalikda yoxud ikki tomonlama tartibda, yo boʻlmasa foydalanuvchilar hamjamiyati (tashqi STP) sifatida harakat qilgan holda, oʻzaro tranzaktsion maʼlumotlarni avtomatlashtirish sifatini oshirish ustida ishlashga undamoqdalar. Ammo boshqa tahlilchilarning fikricha, STPga biznes-jarayonlarning oʻzaro funktsional muvofiqligi paydo boʻlgandagina erishiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Straight-Through Processing (STP)“. investopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Straight Through Processing (STP) Brokers Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Rising to the Challenge: Five Barriers to STP in the Treasury Department“. theglobaltreasurer.com. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Challenges around STP in Payments“. finextra.com. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Frequently Asked Questions On Straight Through Processing“. sebi.gov.in. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
- ↑ „STP and Credit Derivatives“. waterstechnology.com. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.