Kontent qismiga oʻtish

Toʻgarak ogʻizlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻgarak ogʻizlilar (hovuz minogasi)
Toʻgarak ogʻizlilar (hovuz minogasi)

Toʻgarak ogʻizlilar (Cyclostomata) — jagʻsizlar katta sinfi ga mansub suvda yashovchi tuban umurtqali hayvonlar sinfi. Ilonbaliqqa oʻxshash tanasi shilimshiq ajratuvchi hujayralarga boy qalin teri bilan qoplangan. Skeleti togʻaydan iborat. Juft suzgich qanotlari yoʻq. Jabra orqali nafas oladi. Voronkasimon ogʻzini (nomi shundan) halqa togʻay tutib turadi; tishi muguzdan iborat; tili parmalovchi. Hid bilish organi xaltasimon. Bosh miyasi barcha umurtqalilarga oʻxshash boʻlimlardan iborat. Ayirish organlari — mezonefros buyraklar. Jinsiy bezlari toq, maxsus yoʻli boʻlmaydi. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. Toʻgarak ogʻizlilar — baliqlar yirtqichi yoki ektoparaziti. 2016-yil holatiga koʻra Yer yuzida 118 xil turdagi toʻgarak ogʻizlilar sinfi aniqalngan, ulardan:40 tasi - Minogalar, 78 tasi - Miksinlar turlari.

Farqli jihatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻgarak ogʻizlilar baliqlar va ularndan yaralgan toʻrtoyoqlilardan farqi:

  • koʻlami yoʻq;
  • juft oyoqlarga ega emas;
  • soʻrgʻich strukturasi va epidermal tishlarga ega, ovalsimon yoki aylana ogʻiz

[1]




  1. M.D Nature jurnali (ingl.)