Kontent qismiga oʻtish

Toʻlgʻama

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toʻlgʻama — jang chogʻida gʻanim kuchlarini qanotlardan aylanib oʻtish, yon va orqa tomondan zarba berish. Oʻrta ayerlarda moʻgʻul va turkiylar, xususan, shayboniylar tarafidan muxrrabalarda muttasil qoʻllangan maxsus harbiy taktik amaliyot. Amir Temur armiyasida bunday taktik amaliyotni amalga oshiruvchi alohida qism mavjud boʻlgan va u qunbul (qutbul) atamasi bn nomlangan. T.ga binoan, dushman kuchlari qanotlardan kuchli hujumga uchragan va parokanda qilingan. "T." atamasi "Boburnoma"sa qayd etilgan. Shayboniyxon tomonidan aynan T.ning qoʻllanishi natijasida 1500-yil Saripulda boʻlgan jangda Bobur magʻlubiyatga uchragan edi. "Boburnoma"da yozilishicha: "Oʻzbekning urushda bir ulugʻ hunari ushbu toʻlgʻamadur, hech urushi toʻlgʻamasiz boʻlmas". Bobur ushbu taktik amaliyotni keyinchalik oʻzlashtirgan va qator janglarda, xususan, 1526-yil Panipatda sulton Ibrohim Loʻdiy bn boʻlgan toʻqnashuvda qoʻllagan.