Toʻlqin Hayit
Toʻlqin Hayit | |
---|---|
Tavalludi |
15-noyabr 1957-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Shoh asari |
"Meni kechir, bolajon" (1991) "Dashnobod hangomalari" (1992) "Vafo malikasi" (2005) "Qora Shahzoda" (2007) "Ulug‘ Amir o‘gitlari" (2004) "Shohi Zinda" (2005) "Amir Temur haqida hikoyalar" (2009) |
Mukofotlari |
„Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi (2009) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2011) Qirg‘iziston Respublikasi FA ning Xalqaro Chingiz Aytmatov mukofoti sovrindori (2020-yil) |
Toʻlqin Hayit, (1957-yil 15-noyabr, Sariosiyo tumani, O'zbekiston SSR) — yozuvchi[1], ssenariynavis[2][3], Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi (1998-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi[4], „Eng ulug‘, eng aziz“ Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi (2009), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2011), Qirg‘iziston Respublikasi FA ning Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot sovrindori (2020)[5].
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]To‘lqin Hayit 1957-yil 15-noyabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Dashnobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Hayitovlar oilasida dunyoga kelgan[6]. 1975—1981-yillarda Respublika rus tili va adabiyoti instituti talabasidir. 1981—1985-yillarda Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tumani, 79 maktabda o‘qituvchilik qilgan. 1985—1991-yillarda „Yosh leninchi“ gazetasi korrektori, bo‘lim mudiri boʻlib ishlagan. 1991—1992-yillarda O‘zbekiston bolalar fondi masʼul kotibi, 1993—2006-yillarda „O‘zbekiston“ davlat teleradiokompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari, bosh muharriri, katta muharriri, guruh rahbari. 2006—2012-yillarda „O‘zbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi „Tong yulduzi“ gazetasi bosh muharriri. 2012—2013-yillarda „Tengdosh“ gazetasi bosh muharriri. 2013-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Meni kechir, bolajon“ (1991), „Dashnobod hangomalari“ (1992)[7], „Vafo malikasi“ (2005)[8], „Qora Shahzoda“ (2007)[9] nasriy asarlari va „Ulug‘ Amir o‘gitlari“ (2004)[10], „Shohi Zinda“ (2005)[11], „Amir Temur haqida hikoyalar“ (2009) kabi tarixiy janrdagi asarlari chop etilgan[6][12][13].
Roʻyxati
N. | Asar nomi | Asar turi va mavzusi | Nashr etilgan yili, joyi va nashriyoti | Adadi |
---|---|---|---|---|
1. | Meni kechir, bolajon! | Voqeiy hikoyalar va badialar | 1991-y., Toshkent „O‘zbekiston“, nashriyoti. | 20 ming nusxa. |
2. | Dashnobod hangomalari | Hikoyalar va latifalar | 1992-y., Toshkent, G‘.G‘ulom nashriyoti | 10 ming nusxa. |
3. | Turon tunlari | Roman | 1996-y., Toshkent, „O‘zbekiston“ nashriyoti | 5000 nusxa. |
4. | Ulug‘ Amir o‘gitlari | Risola, F.Nabiyeva bilan hamkordikda | 2003 y, Toshkent, „Navro‘z“ nashriyoti | 1000 nusxa. |
5. | Shohi Zinda | Risola | 2005 y, Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti | 4000 nusxa. |
6. | Vafo malikasi romanining yozilish tarixi | Risola | 1996-y „O‘zbekiston“, Toshkent, nashriyoti. 2-nashri: „Yangi asr avlodi“. | 5000 nusx.
1000 nusxa |
7. | Qora shahzoda | Roman | 2008-yil, Toshkent „Sharq“ NMAK. | 5000 nusxa. |
8. | Boyvachchaning qizi | Qissa va hikoyalar. | 1 nashri — 2008 y, Toshkent „O‘zbekiston“ NMIU
2 nashri — 2013-y, Toshkent „O‘zbekiston“ NMIU |
3000 nusxa3000 nusxa. |
9. | Amir Temur haqida hikoyalar | Hikoyalar | 2009-y, Toshkent, „O‘zbekiston“ NMIU | 3000 nusxa. |
10. | Odamning yaxshisi | Hikoyalar | 2011-y, Toshkent „Movarounnahr“ nashriyoti | 500 nusxa. |
11 | Bahouddin Naqshband yohud Buroq vodiysi qissasi | Roman | 2014-yil, Toshkent, „Yangi asr avlodi“ | 5000 nusxa |
12. | Amir Temur xazinasi | Kichik qomusiy kitob | 2015-y., Toshkent, „Yangi nashr“. | 3000 nusxa. |
13. | Temuriy ijodkorlar | Risola | 2016-y., Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU | 500 nusxa. |
14. | Buyuk salohiyat sohibi | Amir Temurning yoshlik yillari haqida hikoyalar. | 2016 y, Toshkent, „O‘qituvchi“ NMIU | 3000 nusxa. |
15. | Amir Temur qalbida chaqnagan nur | Suhbat-kitob | 2016-y, Toshkent „O‘qituvchi“ NMIU. | — |
16. | Baqo guli | Roman | "Sharq" NMAKda nashr etilmoqda. | — |
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Hayitov Mingboy 1924-yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilib, 1994-yilda vafot etgan. Sariosiyo tuman Dashnobod davlat xo‘jaligi ishchisi boʻlgan.
Onasi — Hayitova (Muhammadiyeva) Sora 1932-yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Uy bekasi boʻlgan. 2010-yilda vafot etgan.
Turmush o‘rtog‘i — Hayitova (Tursunova) Muazzam Kenjayevna 1961-yil, Surxondaryo viloyati Toshkent shahar „Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi“ nashriyoti muharriri.
O‘g‘li — Hayitov Umid To‘lqinovich. 1986-yil, Surxondaryo viloyati, Yangi O‘zbekiston nashriyoti direktori.
Qizi — Hayitova Sevara To‘lqinovna. 1988-yil, Surxondaryo viloyati. Uy bekasi.
Qizi — Hayitova Saodat To‘lqin qizi. 1994-yil, Surxondaryo viloyati. Uy bekasi.
Qizi — Hayitova Maxfuza To‘lqin qizi. 1998-yil, Surxondaryo viloyati, Temuriylar tarixi davlat muzeyi rassom-dizayneri[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qalbimiz oftobi hech qachon soʻnmasin!“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Amir Temur haqida multfilm ishlab chiqariladi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Amir Temur haqida multfilm ishlab chiqariladi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Temur bobomiz bunyod etgan Shahristonga sayohat“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „To‘lqin Hayit *“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 „To‘lqin Hayit (1957)“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Dashnobod hangomalari“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Vafo malikasi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Qora Shahzoda“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Ulug‘ Amir o‘g‘itlari“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Shohi Zinda“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Amir Temur hayotiga bagʻishlangan kitoblar“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
- ↑ „Amir Temur haqida hikoyalar“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.