Toʻlqinjon Karimov
Qiyofa
Toʻlqinjon Soliyevich Karimov (1944, Bagʻdod tumani) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2004). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970-yildan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi 5-maktabda matematika oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, oʻquv boʻlimi mudiri, 1973-yildan Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi 22-maktabda (1987—89 yillar 41-maktabda) matematika oʻqituvchisi. „Matematika-matikadan choraklik testlar“ risolasi muallifi. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1995).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |