Toʻlqinoy Qodirova
Toʻlqinoy Foziljonovna Qodirova (1935.27.7, Toshkent) — meʼmor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan arxitektor (1976), professor (1996). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1959). Sanʼatshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim (1959—80), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi raisi (1980— 92). 1993-98 yillar "Kamalak—TV" Amerika—Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi bosh direktor oʻrinbosari, 1996-yildan Toshkent arxitektura va qurilish instituti meʼmoriy muhitlar dizayni kafedrasi professor; 2005-yildan meʼmorlik tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri. q. faoliyati shaharsozlik, meʼmorlik tarixi va nazariyasi, zamonaviy meʼmorlikda xalq anʼanalaridan unumli foydalanish masalalariga bagʻishlangan. Q. shuningdek, bir qancha turar joy, meʼmoriy binolar va shaharsozlik majmualari loyihalari muallifi, Toshkent, Namangan, Qoʻqon, Buxoro kabi shaharlar markazlari uchun oʻtkazilgan tanlovlar gʻolibi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1988). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1984—85, 1985-90, 1990-95).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arxitektor i vremya, T., 1982; Oʻzbekistonning istiqlol yillari meʼmorligi, T., 2004.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |