Kontent qismiga oʻtish

Toʻmaris uyinlari festivali

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"TOʻMARIS UYINLARI" FESTIVALI — Oʻzbekistonning milliy sport oʻyinlari musobaqalaridan biri. 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Magʻkamasining "Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari" davlat dasturi (1999-yil 18 fevral) asosida tashkil qilingan. Maqsadi — xotinqizlar salomatligini mustahkamlashga yordamlashish bn bir qatorda ular orasidan mahoratli sportchi qizlarni tayyorlashdir. Festivalda xalq milliy harakatli uyinlari "Otib qochar", "Otishma", "Tortishmachoq", arqonda sakrash, toʻp uloqtirish, qul kuchini sinash, "Barchinoy testlari" boʻyicha musobaqalar buladi. Festival nizomiga kura, musobaqa 3 bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich tumanlar miqyosida tashkil qilinadi. Tuman musobaqasi gʻoliblari 2bosqichda viloyat musobaqalarida qatnashadilar. Krraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent sh. musobaqalari gʻoliblari 3bosqich — respublika final bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar. 1"T.oʻ." f. Ayollar yiliga bagʻishlanib Jizzax shahrida boʻldi (1999-yil 11 — 13 noyabr). 2"T.oʻ." f. 2001-yil 20—25 oktabrda Shahrisabzdagi "Hisor" stadionida hamda qishloq xoʻjaligi kollejida boʻlib oʻtdi. 3"T.oʻ." f. Namangan viloyatining Uychi tumanida oʻtkazildi (2003-yil 26—29 iyun). TOʻN, chopon — ustki milliy kiyim; avraastarli, uzun, yengli, tik yoqali, oldi ochiq. Bichigʻi toʻgʻri bichimli boʻladi. Ichiga paxta solib qaviladigan paxtali T. va paxtasiz (avraastardan iborat yalang qavat) T. xili bor. T. toʻgʻri, tik va qiya qaviladi, baʼzan qavilmasdan sirma qilib tikiladi (bunda T.ning qavilgan astari har joy, har joyidan avrasiga chatib qoʻyiladi). T. avrasi baxmal, bekasam, kimxob va boshqa matolardan tayyorlanadi, astariga chit va satin matolar ishlatiladi. T.ning tik yoqasi juda mayda qaviq choklar bn ishlangani uchun qattiq boʻladi, yoqa, yeng uchlari, etak atroflariga jiyak tikib qoshiyalanadi hamda ulardan popukchalar chiqariladi; etagining ikki yon tomonida oʻtiribturganda qulaylik yaratish uchun "yirtmoch" lari boʻladi. T.ning ichki tomoni (astari)ga gir aylantirib shoyi yoki qora satindan toʻrt enlik adip tutiladi. Yalang qavat (avraastarli)T.lar avrasiga zar iplar bn kashta tikib zardoʻzi T. tayyorlanadi. T. oʻgʻil bolaga xatna toʻyida, keyinchalik nikoh toʻyida kiydIrilgan; hozirda ham T. tikish keng yoʻlga qoʻyilgan. T. kundalik (yoshlar orasida uylik) kiyim sifatida kiyiladi, bundan tashqari toʻy bolaga, kuyovga, qudalarga, ulugʻ kishilarga, aziz meqmonlarga T. kiydirish, azada motam kiyimlari sifatida ham kiyish udumi saqlangan.

Oʻzbekiston hududida T.ning bichimi bir xil, ayrim xususiyatlari (uzunligi, matoning rangi va bezatish usullari) bn bir-biridan farqlanadi, xolos.

Toshkent — Fargʻona T.i sipo (koʻk, yashil, sariq, binafsha) rangli matolardan tikiladi, 20-asr boshlaridan qora satin va seylondan tayyorlangan T. kiyish urf boʻlgan; yoshlar ochiq rangli (sariq, binafsha, yashil, oq, koʻk, pushti, qizil) yoʻlli beqasam T. kiygan, bunday T.ni kelin tomon kuyov T. i sifatida kuyovga sovgʻa qilib yuborgan; yana kimxobdan tikilgan T. ham nafis, mayda qavib tayyorlanishi bn boshqalardan farq qiladi. 20-asr oxirgi choragidan beqasam T.lar bn bir qatorda chiyduxoba, baxmaldan tayyorlangan T.lar keng tarqaldi.

Buxoro T.lari keng va uzun, yorqin rangli, yaltiroq, keng yoʻlli va yirik gulli matodan tikiladi; zardoʻzi T.lar amir va uning amaldorlarigagina xos boʻlib, baxmal, kimxob va boshqa matolardan faqat amir saroyida tayyorlangan; hozir barcha viloyatlarda zardoʻzi T. tayyorlash keng yoʻlga qoʻyilgan. Samarqand T.i uzun va oʻrtacha kenglikda tikiladi, ularda Buxoro va Toshkent — Fargʻona T.larining taʼsiri seziladi.

Xorazmning yengil T. i (astardesh) oʻrta kenglik va uzunlikda, paxtali T.i (doʻn) esa qomatga yopishibroq bichimda toʻq rangli, ingichka yoʻlli matolardan tikiladi; matoga maxsus ishlov beriladi (yaʼni, yaltiroq holga kelguniga qadar kudunglanadi). Tikuv mashinasi paydo boʻlganidan soʻng T.lar mayda mashina chokida ham qavila boshlandi.

T. — qad. kiyim turi; buni Oʻzbekiston hududida saqlangan devoriy rasmlardan, miniatyuralardagi tasvirlardan bilish mumkin. Qadimdan xon va amirlar tomonidan boy va amaldorlarga yaxshi xizmatlari evaziga, mehmonlar, elchilar, xorijiy mehmonlarga T. kiydirilgan, bu odat hozirgi kunda ham saqlangan. 18-asrdan T. Rossiya, Xitoy, Eron va boshqa mamlakatlarga chiqarilgan. 19-asrdan Rossiya bn aloqalarda muhim eksport mahsulotiga aylangan, ayniqsa, Buxoroning zarboft, Sa2 marqandning kimxob T.lari mashhur boʻlgan. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston T.lari Xalqaro koʻrgazmalar (Parij, Moskva, Nijniy Novgorod, Peterburg va boshqalar) da namoyish etilgan hamda mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston T.larining eng yaxshi namunalari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.