Kontent qismiga oʻtish

Toʻra hovuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To‘ra hovuz majmuasi
Joylashuv Xiva shahri, Xorazm,
Turi Madaniy-me'ros obyekti
Material pishgan g'isht
Ochilish sanasi XVIII asr[1].
Xarita

Toʻra hovuz majmuasi – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. XVI asrda qurilgan. Obyekt Xorazm viloyati Xiva shahrining, „Kaptarxona“ mahalla fuqarola yigʻinida joylashgan. Toʻra hovuz Xivada hozirda saqlanib qolgan 7 hovuzdan biri hisoblanadi. 2021-yilda qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan. Hovuz atrofini turli xil daraxtlar oʻrab turadi. Hovuzdagi suv doimo tozalanib turishi sabali ichishga yaroqli. Toʻra hovuz Dishan qal’aning sharqiy qismida, Polvon qori majmuasining janubida joylashgan[2]. Toʻra hovuz majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarorining Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorida koʻra turizm mashrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021-2025 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturiga kiritilgan[3].