Kontent qismiga oʻtish

Toʻrgʻay (viloyat)

Koordinatalari: 50°0′0″N 65°0′0″E / 50.00000°N 65.00000°E / 50.00000; 65.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻrgʻay viloyatidan yoʻnaltirildi)
Toʻrgʻay viloyati
viloyat
Tegishli Qozoq SSR
Tarkibida 10 tuman
Maʼmuriy markazi Orqaliq
Asos solingan sanasi 23-noyabr 1970
Partiya viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi Quanishev Oʻrazbek Sultanovich (1985—1988)
Akim Brinkin Vitaliy Alekseyevich (1995—1997)
Aholi (1983) 298 000[1][2]
Maydoni 111,900 km²
Xaritada
50°0′0″N 65°0′0″E / 50.00000°N 65.00000°E / 50.00000; 65.00000

Toʻrgʻay viloyatiQozoq SSR (19701988) va Qozogʻiston Respublikasining (19901997) tarkibidagi maʼmuriy hudud. Maʼmuriy markazi - Orqaliq shahri.

Viloyat Qozogʻistonning markaziy qismida, Yesil va Toʻrgʻay daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 111,9 ming km2. Oqtoʻba, Qoʻstanay, Koʻkchatov, Tselinogarad va Jezqazgʻan viloyatlari bilan chegaradosh edi.

1970-yil 23-noyabrda Qozoq SSRning tarkibidagi Qoʻstanay viloyatining sharqiy tumanlarini Oqmoʻla viloyatining gʻarbiy tumanlarini biriktirish natijasida Toʻrgʻay viloyati tashkil topdi. Viloyat markazi etib Orqaliq shahri tanlandi. 1988-yilning 2-iyunida viloyat parchalandi.

1990-yil avgust oyida viloyat qaytadan tashkil topdi. 1991-yilning 16-dekabridan boshlab Qozogʻiston Respublikasining tarkibida. 1997-yil Toʻrgʻay viloyatining hududi Qoʻstanay va Oqmoʻla viloyatlarining tarkibiga qoʻshib berildi.

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSRIning 1970-yildagi aholisi sanogʻi boʻyicha viloyatning milliy tarkibi quyidagicha boʻldi: qozoqlar (32,5 %), ruslar (33,7 %), ukrainlar (15 %), shuningdek olmonlar (5,2 %), beloruslar (4,7 %), tatarlar, oʻzbeklar, boshqirdlar, marilar, chuvashlar, moldavanlar, udmurtlar, mordvalar v.b. Aholining oʻrtacha zichligi - 1 km2-ga 2,3 kishi edi. Shahar aholisinining salmgʻi 31 % (80 ming kishi, 1975) tashkil qildi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yili Toʻrgʻay viloyatining tarkibiga 1 viloyatga boʻysunuvchi shahar (Orqaliq) va 9 ta tuman kirdi:

Tuman Markazi Aholisi[2]
(1989), чел.
1 Orqaliq shahar kengashi Orqaliq 62 367
2 Amangeldi tumani Amangeldi 27 998
3 Orqaliq tumani Rodina 23 216
4 Derjavin tumani Derjavinsk 30 634
5 Jangeldi tumani Toʻrgʻay 28 765
6 Yesil tumani Yesil 44 466
7 Yaxshi tumani Yaxshi 20 542
8 Janadala tumani Tasli-Taldi 13 058
9 Qiyma tumani Janaqiyma 21 110
10 Oktyabr tumani Oktyabrskoye 22 852
  1. Атлас СССР / Отв. ред. Е. В. Большакова. — М.: ГУГК, 1984.
  2. 2,0 2,1 „Всесоюзная перепись населения 1989 г.“. 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "ДW" defined multiple times with different content