Toʻtixon Qulbekova
Toʻtixon Qulbekova | |
---|---|
Tavalludi |
1915-yil Fayziobod qishlogʻi, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati |
Vafoti | Nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Toʻtixon Qulbekova (1915-yil, Fayziobod qishlogʻi, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS a'zosi (1944)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻtixon Qulbekova 1915-yili Oltiariq tumani Fayziobod qishlogʻi tavallud topgan. 1938—1942-yillari Oltiariq tumanidagi „Qizil qoʻshin“ kolxozida kolxozchi, 1943—1946-yillarda kolxoz raisining oʻrinbosari, 1946—1948-yillar, 1963—1964-yillari Leningrad kolxozida bogʻcha mudirasi, 1948—1952-yillarda zveno boshligʻi, 1957—1963-yillar va 1971—1974-yillarda brigadir, 1969—1970-yillarda Leningrad kolxozi raisining oʻrinbosari, 1964—1969-yillari Fayziobod qishloq soveti raisi, 1971—1975-yillarda ipakchilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Qulbekova boshchiligidagi zvenoda gektaridan 69,2 sentner paxta yetishtirilgan (1949). 3-chaqirirq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1951—1954). 2 marta Lenin ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukotlangan. 1975-yilda pensiyaga chiqqan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 OʻzSE 1980, s. 234
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XIV tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1980 — 648-bet.