Kontent qismiga oʻtish

Toʻy bola

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Toʻy bola“
Abdulhay Karimov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1990
Yozib olingan 1990
Davomiyligi 6:34
Matn muallif(lar)i Marhabo Karimova
Bastakor(lar) Abdulhay Karimov
Klipi
„Toʻy bola“ YouTubeda

Toʻy bola“ („Toy bola“, „Toychoq bola, toy bola“ deb ham nomlanadi) — oʻzbek xonandasi Abdulhay Karimov ijro etgan qoʻshiq. 1990-yil yozib olingan. „Toychoq bola, toy bola“ Karimov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, unga katta shuhrat olib kelgan. Qoʻshiq Oʻzbekistonda hamda qoʻshni mamlakatlarda sunnat toʻylarining ajralmas qismiga aylangan. Qoʻshiq musiqasini Karimovning oʻzi rafiqasi Marhabo Karimova yozgan sheʼrga bastalagan.

Qoʻshiq matni xatna qilinib, Muhammadga ummat boʻlgan toʻy bola haqidadir. Karimovning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqni turmush oʻrtogʻi Karimova taklifi bilan bastalagan.[1] Xonanda „Toʻy bola“ qoʻshigʻini 1992-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqillik bayrami chogʻida ijro etganidan keyin tarona butun Oʻzbekiston boʻylab tanilgan. Oʻsha yili qoʻshiq uchun sodda klip suratga olingan. Karimov qoʻshiq tarixini quyidagicha xotirlagan:

„Toʻylar muborak“ degan qoʻshiq boʻlardi-da, toʻy bola uxlab qolardi. Toʻylarda yaxshi ziyofatlar boʻladi-yu, toʻy bola haqida hech kim gapirmaydi. Shu, turmush oʻrtogʻim Marhabo Karimova toʻyga borib keldi-yu, oʻzi soʻradi mendan. … Keliboq, ertasiga sheʼr yozibdi-da. Toʻy bola haqida. Shu bola haqida boʻladi-yu, kelajagimiz bu bola, deb turib, indan keyin, haligi, „Toʻy bola“ qoʻshigʻi yozilgan. Yozilgandan keyin endi mustaqillik toʻy bolasi, deb oʻsha mustaqillik bayramida aytganmiz.[2]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 15-avgust, 2020-yil(2020-08-15) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.