Kontent qismiga oʻtish

Toʻyingan eritma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toʻyingan eritma – maʼlum sharoitda (tra va bosimda) erigan moddalar bilan barqaror muvozanatli eritma. Mas., tuzning suvdagi eritmasida ayni tuzning kristallari mavjud boʻlgan eritma; gazning suvdagi eritmasidan ushbu gaz oʻtkazilgan eritma. Eritmaning maʼlum massa miqdorida yoki maʼlum hajmida erigan modda miqdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi. Toʻyingan eritma konsentratsiyasi, yaʼni undagi erigan modda miqdori uning eruvchanligi deb ataladi. Maʼlum sharoitlarda suvda yoki erituvchida moddaning erishi davom etsa va shu modda kristallari hosil boʻlmasa, yaʼni erigan moddalar miqdori Toʻyingan eritma konsentratsiyasidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma deyiladi. Eritma asta sekin soviganda unda erigan moddalarning kristallanishi sodir boʻlmasligi mumkin, u holda oʻta toʻyingan eritma hosil boʻladi. Oʻta toʻyingan eritmada Toʻyingan eritmaga qaraganda erigan modda koʻproq; bunday eritmaga juda oz miqdorda erigan modda kristallari kiritilsa, eritmada kristallarning choʻkishi roʻy beradi.