Togʻ jinslarining suv oʻtkazuvchanligi
Togʻ jinslarining suv oʻtkazuvchanligi — togʻ jinslarining oʻzidan suv oʻtkazish imkoniyati. Suv oʻtkazish darajasi, oʻzaro tutashgan gʻovak va darzliklarning oʻlchami va miqdoriga hamda togʻ jinslari donalarining saralanganligiga bogʻliq boʻladi. Suvni yaxshi oʻtkazuvchi togʻ jinslariga — shagʻal, mayda shagʻal, yirik donali qumlar, kuchli karstlangan va darz ketgan jinslar kiradi. Deyarli suv oʻtkazmaydigan jinslarga — gillar, qumoq tuproklar, darzlanmagan kristalli, metamorfik va mustahkam choʻkindi togʻ jinslari kiradi. Togʻ jinslarining suv oʻtkazuvchanligis.oʻ. filtrlanayotgan togʻ jinsining koʻndalang kesimi maydoni birligi orqali oʻtayotgan suvning miqdoriga teng boʻlgan filtratsiyaning tezligi bilan aniqlanishi mumkin. Gidrogeologik tadqiqot va hisoblarda suv oʻtkazish koeffitsiyenti togʻ jinslarining filtraiiyali xususiyatlarining koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi. Togʻ jinslarining suv oʻtkazuvchanligis.oʻ. ni oʻrganish yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilishda zarur boʻlib, ulardan suvlarni bir joyga jamlashda, gidrogeologik inshootlarini oʻrnatishda, turli tipdagi yer osti suvlarini ekspluatatsiya qilishda foydalaniladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |