Kontent qismiga oʻtish

Togʻolcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prunus cerasifera, var. 'Mykla'

Togʻolcha (Prunus divaricata) — raʼnodoshlar oilasi olxurilar turkumiga mansub mevali daraxt. Bolqon mamlakatlari, Kichik Osiyo, Eron, Oʻrta Osiyo va Kavkazda yovvoyi va madaniy holda tarkalgan. Boʻyi 3–10 m, sershox. Gullari oq, yakkayakka joylashgan. Mart—aprel oylarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi iyul— avgustda pishadi, ogʻirligi 2—12 g, dumaloq, choʻzinchoq yoki yassi, sariq, qizil, binafsha rang yoxud qora. Koʻchati bxbm, 6×8 m sxemada oʻtqaziladi. 2—3yili hosilga kiradi. Daraxtidan 300 kg gacha hosil olinadi. Tarkibida 10% gacha kand, 1,5—4% olma va limon kislotalari, 0,3—1,5% pektin, 16 mg% S vitamini va 2,8 mg% provitamin A bor. T., asosan, urugʻidan koʻpaytiriladi. Shaftoli, olxoʻri, oʻrik uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Mevasi xoʻlligicha va konserva (kompot, qiyom, sharbat va boshqalar) holida isteʼmol qilinadi. T. yer tanlamaydi. Sovukka va shoʻrga chidamli. Zararkunandalari: olma qandalasi, kora va sarik tillaqoʻngʻizlar; kasalliklari: klyasterosporioz va boshqa