Tohirjon Mirjalilov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Tohirjon Jamolovich Mirjalilov (1950.8.2 — Toshkent —2000.16.7) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Respublika rassomlik bilim yurti (1971) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1977)ni tugatgan. Respublika rassomlik bilim yurtida pedagogika (1977—84), Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi Badiiy fondi raisi (1984—91), Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi raisi (1994—97); 1997-yildan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi raisi oʻrinbosari-ijrochi direktori. M. ijodida zamondoshlari qiyofalari, ona yurt manzaralari haqqoniy aks ettirilgan, maishiy lavqalar, natyurmortlar ham yaratgan. "Kinorejissyor Ravil Botirov" (1977), "Togʻdagi tun" (1980), "Otam" (1982), "Forish manzarasi" (1982), "Uzum gullaganda" (1982), "Balkonda" (1983), "37-yil" (1985), "Gazeta va odam" uchligi (1990), "Eski Toshkent", "Beshyo-goch", "Surxondaryo" turkum asarlari rassomga shuhrat keltirdi. Ayniqsa, "Siren" turkumidagi natyurmortlari tomoshabinda katta taassurot qoldiradi.
1978-yildan respublika va xorijiy mamlakatlardagi badiiy koʻrgazmalarda faol ishtirok etdi, jumladan, Marokashdagi shaxsiy koʻrgazmasi (1990), Parijdagi oʻzbek zamonaviy sanʼati koʻrgazmalari (1996) va boshqa Asarlari Rossiya, Isroil, Turkiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Yaponiya muzey, galereya va boshqa xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |