Toj-ul-masajid
Taj-ul-Masajid | |
---|---|
تَاجُ ٱلْمَسَاجِد | |
Veb-sayt | https://www.darululoomtajulmasajid.in |
Toj-ul-Masajid (arabcha: تَاجُ ٱلْمَسَاجِدتَاجُ ٱلْمَسَاجِد, Tarjimasi:Taj-ul-Masjid, Uzbek: 'Masjidlar toji') yoki Toj-ul-Masjid (تَاجُ ٱلْمَسْجِد) Hindistonda joylashgan boʻlib, u yerdagi eng katta masjid hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toj-ul-Masjid qurilishi Bxopallik Navab Shoh Jahon Begim tomonidan Shohjahonobodning markaziy bozori yaqinida boshlangan. Qurilish qachon boshlangani noaniq. Hind tarixchisi Sharma buni 1871-yil boshlangan degani haqida maʼlumotlar bor. 1901-yilda Shoh Jahon Begim vafot etganidan keyin uning qizi Sulton Jahon Begim umrining oxirigacha masjid qurilishini davom ettirgan. Qurilish uchun bozor yaqinidagi uchta katta suv havzalari atrofi tanlanga, xususan: Munshi Husayn Talab, Nur Mahal Talab va Motia Talab.
Masjidda mablag‘ yetishmovchiligi sababli qurilish ishlari toʻxtab qolgan va keyinchalik bu ishlar 1971-yilda yakunlangan. Kirish eshigini Quvayt amirining marhum rafiqasi xotirasi uchun sovgʻa qilingan boʻlib, unda XIII asr Suriya masjidlari naqshlarini koʻrish mumkin[1].
COVID-19 pandemiyasi davrida masjid emlash markazi sifatida ishlatilgan[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toj-ul-masajid asosan Moʻgʻul meʼmorchiligi asosida quriladi[3]. Masjidning marmar gumbaz hamda 18 qavatli sakkiz burchak shaklidagi qoʻsh minoralari, jozibali ustunlar joylashga asosiy yoʻlagi Dehlidagi Jama masjidi va Lahordagi Badshaxi masjidiga oʻxshash marmar polga ega[4]. Uning markazida katta tahorat xonasi bo‘lgan hovli boʻlib, uning asosiy namozgohidan toʻrt tarafga olib boruvchi yoʻlaklari va yoʻlak oxirida 4 ta katta darvozalari joylashgan. Zaldagi ulkan 27 ta ustunlar boʻlib, ulardan 16 tasi gulbarg novdalari bilan bezatilgan.
Masjidda zenana (ayollar tahoratxonasi) ham mavjud edi. Masjid qurilishi davrida ayollar uchun uydan namoz oʻqish odatiy hol boʻlgani sababli juda kam foydalanilgan[5],[6].
Ilm halqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bhopal Tablighi Ijtema har yili yigʻiladigan uch kunlik jamoat majlisi boʻlib, butun dunyodan odamlar jalb qillingan. U Toj-ul-Masajidda boʻlib oʻtgan keyinchalik esa, bu yerda joy yetishmasligi sababli shahar tashqarisidagi masjidga[7] koʻchiriladi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Toj-ul-Masajid darvozasi
-
Toj-ul-masajidning kirish eshigi
-
Toj-ul-Masajid yuqoridan surati
-
Toj-ul-Masjidning asosiy maydoni
-
Toj-ul-Masajidga kirish eshigi
-
Toj-ul-masajid madrasasi
-
Devordagi oʻyma naqshlar
-
Namoz vaqtini koʻrsatuvchi soat
-
Toj-ul-masajid ichkaridan koʻrinishi
-
Taj-ul-masajid ichkarida
-
Taj-ul-masajid tashqi koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mulchandani. „Taj ul Masajid“. Times of India Travel. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ „Historical Taj-ul-Masajid premises in Bhopal used to vaccinate inter-faith people“ (en-US). The Siasat Daily (2021-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ „Taj-Ul-Masajid: Crown of the mosques, Bhopal - the largest mosque in India“. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Magnificent, and elaborate“ (en-IN). The Hindu (2015-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ „A queen's mark in Bhopal“ (en). Deccan Herald (2018-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Wondrous Masajid“ (en). Deccan Herald (2013-yil 16-mart). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Madhya Pradesh: Muslims pour in as Ijtema begins“. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.