Tokio (Qog‘oz uy qahramoni)
Tokio (Silena Oliveira) — Ispaniyaning „Qogʻoz uy“ teleserialidagi qahramon[1]. De-fakto, u serialning bosh qahramoni, shuningdek, ishonchsiz hikoyachisi. Rolni Ursula Korbero[2] ijro etgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tokio, yigiti oʻldirilgan muvaffaqiyatsiz oʻgʻirlikdan keyin politsiyadan qochib yurgan yosh oʻgʻri. Professor Silenani Madriddagi Qirollik zarbxonasini oʻgʻirlashda yordam berish uchun yollaydi. Boshqa qaroqchilar bilan birga, u besh oy davomida oʻgʻirlikni rejalashtirish uchun olis villaga yuboriladi. Professor qaroqchilarning har biridan oʻz shaxsini yashirish uchun shahar nomini tanlashni soʻraydi va u Tokio nomini tanlaydi.
Yaratilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Produserlar Tokioni yaratish eng qiyin personajlardan biri deb topdilar, chunki ular dastlab yoshi katta aktrisa[3] izlayotgan edi. Ursula Korbero oxir-oqibat unga energiya olib kirgani uchun bu rolga erishdi. Korbero Tokioni „haqiqatan ham oʻziga hurmati yoʻq, juda yolgʻiz, juda yomon davrni boshidan oʻtkazayotgan qiz“ deb taʼriflagan[4][5]. Aktyor Alvaro Morte (Professor) Tokioni talonchilarning eng sevimli aʼzolaridan biri deb atadi, chunki ikkala qahramon ham eng yaxshi doʻstlardek bir-biriga ishonadi va bir-birining qarshisida tura oladi[6].
Reytinglar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniyaning La Razon gazetasidan Sandra Fedjinas qahramonni maqtab, Tokio „ssenariyda juda yaxshi yaratilgan“ „ehtiros va aqlning ajoyib kokteyli“ ekanligini aytdi. U oʻzini „u shunday ozod qalb egasiki, har bir doʻstining qalbiga oʻziga xos munosabatda yaqinlasha oladi: ehtirosli muloyimlik bilan Rioga, sovuq hurmat bilan Professorga, quvonch va uygʻunlik bilan Nayrobiga va murakkab intizom bilan Berlinga munosabatda boʻla oladi“[7]. „Globe and Mail“ jurnali xodimi Jon Doyl Korberoni „kuchli ayol obrazi, uning feʼl-atvori siz shunga oʻxshash Britaniya yoki Amerika kriminal dramalarida koʻrishingiz mumkin boʻlgan koʻp narsalarga mos kelmaydi“ deb hisoblaydi[8]. Ayni paytda Peruning El Comercio gazetasi Alfonso Rivadeneira Garsiya uchinchi mavsumda Tokioning oʻta ehtirosliligini maʼqullamadi[9]. Focus’dan Focus’dan Keyvan Aj Tokioni gapirma, koʻrsat! uslubidan koʻra, „arzon stilistik uslub“ga tayangan bir oʻlchovli qahramon sifatida koʻradi[10]. Tokio Korbero roli uchun u 2017-yilgi Premios Feroz mukofotiga „Serialdagi eng yaxshi yetakchi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi va 2018-yilda „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Premios IRIS mukofotini qoʻlga kiritdi[11][12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Úrsula Corberó es Tokio“ (es). Antena3 (2017-yil 31-mart). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ John Hopewell,Jamie Lang, John Hopewell, Jamie Lang. „ʻMoney Heist’ – ʻLa Casa de Papel’ – Creator Alex Pina: 10 Takes on Part 3“ (en). Variety (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Right on the Money“ (en). Drama Quarterly. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Accedemos en exclusiva a los castings de Enrique Arce y Esther Acebo en ʻLa casa de papel’“ (es). Antena3 (2018-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ Marcos, Natalia. „ʻLa casa de papel’ busca del atraco perfecto en la pequeña pantalla“ (es). El País (2017-yil 2-may). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Álvaro Morte: «Tengo claro cuál sería el golpe perfecto»“ (es). La Voz de Galicia (2019-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ Redacción, La Razón. „ʻLa casa de papel’ brilla y Úrsula Corberó resplandece“ (es). La Razón (2017-yil 5-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ Doyle, John. „Three great foreign dramas on Netflix for a summer binge“ (en). The Globe and Mail (2018-yil 22-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ NOTICIAS EL COMERCIO PERÚ. „"La casa de papel" temporada 3: reseñamos sin SPOILERS los primeros 3 episodios | TVMAS“ (es). El Comercio Perú (2019-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ FOCUS Online. „Ist Haus des Geldes Bingewatch-Material?“ (de). FOCUS Online. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „La lista completa de ganadores de los premios Feroz 2018“ (es). El HuffPost (2018-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „XX Premios Iris“ (es). AcademiaTV. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.