Kontent qismiga oʻtish

Tolib Mo‘minov (aktyor)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tolib Moʻminov
Tavalludi
Муминов Толиб Тешаевич

2-mart 1971-yil (1971-03-02) (53 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi
Faoliyat yillari 1994-yildan hozirga qadar
Otasi Tesha Moʻminov[1]
Mukofotlari
Veb-sayt http://www.tolib-muminov.uz/

Tolib Mo‘minov (1971-yil 2-mart, Buxoro, OʻzSSR) — Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, dublyaj ustasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Shuhrat medali sohibi.

Tolib Moʻminov 1971-yil 2-mart kuni Buxoro viloyatining Buxoro shahrida tugʻilgan. 1990–1994-yillardaMoskvadagi Butunrossiya Davlat kinematografiya institutida tahsil olgan. 1994-yildan buyon Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tolib Moʻminov sanʼat sohasiga 1994-yilda kirib kelgan boʻlib, 30-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Koreya, Rossiya va Tojikiston kino ijodkorlari bilan hamkorlikda olingan filmlarda ham rollar ijro etgan. Teatrdagi ijodiy faoliyati davomida 50 dan ortiq spektakllarda obrazlar yaratgan. Aktyor teatrda sahnalashtirilgan „Muhabbat sultoni“da Qays-Majnun, „Kuloyim“ spektaklida Kapral, „Qatagʻon“da ofitser, „Jinoyat ustida ushlansin“da katta leytenant Botir Shukurov, „Ufq“da Nizomjon, „Sohibqiron“da Mironshoh, „Mashrab“da Mulla Soqiy, „Kunduzsiz kechalar“da do‘st, „Chimildiq“da kuyovning ukasi, „Qirol Lir“da Edgar, „Gamlet“da Rozenkrans, „Makr va Muhabbat“da Vurm, „Usmon Nosir“da Nasrullo Davron, „Hasrat bog‘i“da Ashrafiy, „Chegara ustidagi uy“da 1-diplomat, „Adibning umri“da shoir, „Neksiya“da Bozorboy, „Talvasa“da Tursuniy, „Bevalar“da katta leytenant Pardayev, „O‘zbekcha raqs“da Tursunboy, „Bir qadam yo‘l“da nevara, „Oilaviy sir“da o‘g‘il, „Rustam“da Boyto‘ra, „Quyoshni sen uyg‘otasan“da Qodir, „Taqdir sinovlari“da Butunvoy, „Imon“da Orifjon, „Mirzo Ulug‘bek“da Sakkokiy, „Alisher Navoiy“da Alisher Navoiy, „Revizor“da Korobkin, „Abay“da O‘rozboy, „Istiqbol sari“da Orif, „Jaloliddin Manguberdi“da Temur Malik, „Sadoqat bilan... (Ofitserlar)“da polkovnik Ahror Sodiqov, „Adolat fasli“da Abduqodir, „Urush odamlari“da rais kabi rollarni ijro etgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning 575-yillik yubileyi munosabati bilan teatrda sahnalashtirilgan „Alisher Navoiy“ spektaklida Alisher Navoiy rolini ijro etgan[2].

Tolib Moʻminov kino, videofilm va milliy seriallarda ham 55 ga yaqin rollar ijro etib o‘z muhlislariga ega bo‘lgan. Jumladan, „Sharpa“da Hakimjon, „Al-Buxoriy“da Buxoriyning do‘sti, „Azizim“da korxona rahbari, „Nomus“da advokat, „Quyoshi botmaydigan yurt“da Muxtor, „Domla“da ofitser, „Rohila“da soqov, „Ko‘ngil ko‘chalari“da bezori bola, „Ayol zoti“da ofitser, „Olis osmon“da sportchi, „Muzaffar“da Baxtiyor, „O‘zganing onasi“da Ramazon, „O‘ch“da Jahongir, „Akademiya“da Leytenant, „Parizod“da Abdurashid, „Haqiqiy erkaklar ovi“da uchuvchi, „Aldangan ayol“da er, „Mening akam bo‘ydoq“da Dilshod, „Muqaddas burch (Sardor-3)“da podpolkovnik Qo‘ldoshev, „Endi dadam bo‘ydoq“da Dilshod, „O‘zi uylanmagan sovchilar“da Ismat, „Bolalik sinovlari“da Muallim, „Oqibat-2“da Nasriddin, „Vaqt qadri“da Ma’murjon, „Telba emasman“da psixolog vrach, „Bedor tuyg‘ular“da Ulug‘bek, „Hayot...“da Abror, „Payshanbadan-payshanbagacha“da domla Maxmudov, „Dil payvandi“da Rahmatilla, „Balli Kamoliddin“da Fazliddin, „Orzudagi ayol“da yozuvchi Bobir Davirov, „Barakasini bersin“da Qulmanboy, „Majrux-2“da qo‘shni „Ajina tepa xazinasi“da ovsar, „Puling bo‘lsa“da Alijon[3] hamda, „Vijdon azobi“, „Saodat“, „Zurriyod“, „Intiqom alangasi“, „Qodirxon“, „Tuzoq“ kabi seriallarda asosiy rollarni ijro etgan[4]. Tolib Moʻminov dublyaj san’atida ham faol ijod qilib ko‘plab kinofilm, multfilm va seriallarga ovoz berib kelmoqda. Hozirgi kunda teatrda kasaba uyushmasi raisi muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

  • Shuhrat medali (2020-yil)[5]
  • „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist“ faxriy unvoni (2020-yil)[5];
  • „E’tirof-2013“ milliy mukofotining „Yilning eng yaxshi kino aktyori“ nominatsiyasi gʻolibi.