Tolqon
Qiyofa
Tolqon — 1) ovqat turi. T. qoʻqonjoʻxori, makkajoʻxori, bugʻdoy, oqishoq, qotgan non, meva qoqilaridan tayyorlanadi. Tayyorlash usuli: qovurilgan don, quritilgan non yoki meva qoqilar oʻgʻir yoki hovonchada tuyiladi, soʻngra elab olinadi; zarur hollarda shakar qoʻshib isteʼmol qilinadi. Toʻqtutar va parhez mahsulot; 2) umuman tuyilgan narsa, kukun.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |