Tom Friendly
Tom Frendly — Hayot-mamot Amerika teleserialidagi ikkinchi darajali qahramonlardan biri. Tom Boshqalardan biri va shak-shubhasiz Benga sodiq qahramon. Birinchi va ikkinchi mavsumlarda u Boshqalarning vahimali vakili sifatida rol ijro etdi va bu rolida ularning yetakchisidek taassurot qoldirdi. Omon qolganlar bilan birinchi uchrashuvlarda u soxta soqolli va eski kiyim kiygan edi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Boshqalar oʻzlarining asl kelib chiqishini shu tarzda yashirishgan. Benning soʻzlariga koʻra, Tom ularning haqiqiy rahbari Jeykob bilan solishtirganda hech kim emas. Biroq u Etan bilan suhbati, Aleks, Pikett bilan va Xyorli, Jek, Keyt va Soyerni qoʻlga olgan Boshqalar guruhi bilan boʻlgan munosabatlaridan koʻrinib turibdiki, u qandaydir kuch va taʼsirga ega edi. U 2004-yil 21-dekabrda 3-mavsumning „Koʻzgu ortida“ soʻnggi seriyasida Soyer tomonidan otib oʻldirilgan[1].
Oriyentatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tomning oriyentatsiyasi haqidagi bahslar uchinchi mavsumning birinchi seriyasi efirga uzatilgandan soʻng boshlandi, unda Tom Keytga (Evanjelin Lilli) „u uning xoxishidek emas“ligini aytadi[2][3]. Bir necha hafta oʻtgach, yozuvchilar qahramon oxir-oqibat oriyentatsiyasi boshqa boʻlib chiqishiga ishora qilishdi[4]. Internet-hamjamiyatining shubhalarini kuchaytirib[5][6], M. K. Geyni oʻz qahramonini boshqacha, yaʼni Jekga (Metyu Foks) ishva bilan ijro qila boshladi[7].
„Tanishing — Kevin Jonson“ ning sahnalaridan birida Maykl Tomning mehmonxona xonasiga keladi va uni sevgilisi Artur (Franchesko Saymon) bilan topadi. Epizod efirga uzatilgandan soʻng, Kyuz va Lindelof oriyentatsiya hikoyasi uchinchi mavsum boshidan beri davom etayotganini tasdiqladilar, ammo ular buni aniq oshkor qilish kerak deb hisoblashdi. Lindelof bu nozik ishoradan uzoq ekanligini taʼkidladi[8]. Edvard Kitsis „Tomni koʻrib, uning haqiqiy jentlmen ekanligini tushunish juda qoyilmaqom boʻldi“ dedi[9]. M. K. Geyni buni shunday taʼriflagan: „Har qanday odamlar guruhida boshqalardan farq qiladigan odam boʻlishi kerak va Tom shunday odam boʻlib chiqdi“ va Garold Perrino Tomning oriyentatsiyasini yaxshi stsenariy topilmasi deb bilishini taʼkidladi"[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ «Повесть о двух городах». Деймон Линделоф и Дж. Дж. Абрамс(сценаристы), Джек Бендер (режиссёр). Остаться в живых. ABC. 4 октября 2006. Серия 1, сезон 3.
- ↑ Джон Кубичек. „Lost Easter Eggs: 'Meet Kevin Johnson' #5 – Gay Tom“ (en). BuddyTV (2008-yil 21-mart). 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.
- ↑ Майкл Озиелло. „Ask Ausiello: On Lost“ (en). TV Guide (2006-yil 4-oktyabr). 2012-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.
- ↑ Деймон Линделоф, Карлтон Кьюз. „Official Lost Podcast“ (en). ABC (2006-yil 30-oktyabr). 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.
- ↑ Уитни Мэйтсон. „Lost Comments That Make You Go 'Hmm…'“ (en). USA Today (2006-yil 6-oktyabr). 2006-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.
- ↑ „The Others“ (en). CTV Television Network (2006-yil 14-noyabr). 2008-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.
- ↑ М. К. Гейни. Femme Fatales: Hostile Environment // Lost: The Official Magazine. — Titan Magazines, 2 октября 2007. — Вып. 13.
- ↑ Деймон Линделоф, Карлтон Кьюз. „The Official Lost Audio Podcast“ (en). ABC (2008-yil 21-mart). 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ Пол Терри. 2008 Yearbook: The Others – Remembering Season 4 // Lost: The Official Magazine. — Titan Magazines, 12 августа 2008. — Вып. 18.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Carabott. Chris, (November 20, 2008) «Lost Flashback: „Exodus: Part 2“ Review», IGN
- Martell, Erin, (February 19, 2007) «The Five: Best Lost guest stars (Wayback Machine saytida 2021-02-17 sanasida arxivlangan)», TV Squad.
- Stafford, Nikki, (March 7, 2008) «What Light Through Yonder Window Breaks? It is the East, and Juliet is the Sun! And She is MINE, All MINE», Wizard
- Glatfelter, Jay, (March 21, 2008) «On Lost: 'Meet Kevin Johnson'», The Huffington Post.