Kontent qismiga oʻtish

Tomalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomalar, tama — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan 92 qabila-urugʻdan biri. Dastlab Rashiduddin Fazlullohning "Jome ut-tavorix" asarida (14-asr) qayd etilgan. T. Dashti Qipchoqdagi Qoyuq xotigi. Noʻty Oʻrdasi siyosiy hayotida muhim roʻl oʻynaganlar. 16—17-asrlarda boshqa koʻchmanchi etnik guruhlar bilan birga Movarounnahr hududiga kelib. Toshkent, Nurota vohalarida oʻtroqlashgan. S.ʼ.Rad.yuviti’ maʼlumotiga koʻra, Toma kichik juz tarkibidagi 7 urugʻ (jetiru) uyushmasiga (ja-galboy, kepte va tomalar, tobin, kerayit, telov, ramadon) kirgan. Nurota togʻ etaklarida yashovchi T. sariq, koʻsa, kal, kurra, choʻmichli. oltibek kabi kichik urugʻlarga boʻlinadi. 1924-yilgi Oʻrta Osiyoni rayonlashtirish komissiyasi materiallarida Zarafshon vohasida 1185 tomalar roʻyxatga olingan va ular 3 urugʻ uyushmasiga kirgan. Xorazm viloyatida 500 T. qayd etilgan. Asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishadi.