Tomiris (kapalak)
Tomiris | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
Sinf: | Hasharotlar |
Oila: | Pieridae |
Urugʻ: | Euchloe |
Turlari: | Tomiris |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Euchloe tomyris (Christoph, 1884) |
Tomiris [1] ( Euchloe tomyris ) — oq tanlilar oilasiga mansub kunlik kapalak .
Lotincha nomining kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tomiris (taxminan miloddan avvalgi 570-520 yillar) — massagetlar — skiflarning ko‘chmanchi chorvador xalqi. Massagetlar malikasi sanalgan.
Ta’rif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bunday kapalaklarning qanot uzunligi 22-23 mm. Qanotini yoyganda - 46-50 mm. tashkil etadi. Ikkala jins ham oq rangga ega, qanotlari tagida bir oz yashil rangga ega va yaxshi aniqlangan cho‘zinchoq diskal nuqta va ichida oq dog‘larni o‘z ichiga olgan katta apikal nuqta bilan ifodalangan. Oldingi qanotning cho‘qqisi to‘q rangda. Erkaklarda quyuq "burchak" qanotning tashqi chetining uchdan bir qismini, urg‘ochida - 2/3 qismini egallaydi. Old qanotlarning pastki tomoni yorqin rangda, yuqoridagi kabi naqshli, orqa qanotlari kulrang, yashil rangga monand. Orqa qanotning pastki qismlari yorqin sariq-kulrang chetlari va oq fondagi chiziqlari bilan nozik marmar naqsh hosil qiladi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston [1] .
O‘simliklari juda siyrak bo‘lgan tik cho‘l qoyalarda (a.s. 400-700 m balandlikda), efemer o‘simliklari siyrak bo‘lgan tepalikdagi tog‘ etaklarida yashaydi.
Yashash tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir yilda bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qo‘yishi mart-aprel oylarida, qurti martning oxiridan sima-tokarpusda (Cymatocarpus popovi) yashaydi. Gʻumbakka aylanishi – aprel-mayda oyida sodir bo‘ladi. Gʻumbagi ozuqa o‘simligining pastki qismida, tuproq yoki o‘simlik qoldiqlari orasida qishlaydi.
Muhofaza etish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tomiris kapalak turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan (2009) - 1-toifa. Ularning soni kam va mahalliy mavsumda 10-20 taga etadi, yil sayin kamayishda davom etmoqda. Xo‘jalik (qurilish) faoliyati va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari ko‘p foydalanish hisobiga ozuqa o‘simligining nobud qilinishi.