Kontent qismiga oʻtish

Tomosha (Furqat tumani)

Koordinatalari: 40°28′14″N 70°43′29″E / 40.47056°N 70.72472°E / 40.47056; 70.72472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tomosha
Shaharcha
40°28′14″N 70°43′29″E / 40.47056°N 70.72472°E / 40.47056; 70.72472
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Furqat tumani
shaharcha

Tomosha mahala fuqorolar yig'ini.

Tomosha qishloq fuqrolar yig'ini
Hukumat
 • mahala oqsoqoli MFY raisi V Eshonqulov
Avvalgi nomlari Tomosha
Iqlim turi kontinental
Rasmiy til(lar)i o'zbek
Aholisi
3 450 ta (2 022 yil)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i Tomosha pochta indeksi 151707
Avtomobil kodi 40
Tomosha xaritada
Tomosha
Tomosha

TomoshaOʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Furqat tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Tomosha shaharchasi Furqat tumanining shimoliy gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib Beshariq tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Chegaradosh hududlar gʻarbdan Gulobod va Chek koʻprik qishlogʻi, shimoldan Chek sharif va Qurultoy, janubiy sharqiy tomondan Kimsanobod qishlogʻi, sharqiy tomondan esa Surpa qishloqlari bilan tutashadi.

Tomosha tarixi. Qachon qishloq paydo boʻlganligi nomaʼlum. Lekin Tomosha nomini Qoʻqon xoni Xudayorxon tomonidan qoʻyilgan degan gaplar yuradi. Tomosha xududi da koʻl boʻlgan degan taxminlar bor.

Map

21.02.1997 yilda TOMOSHA mahalla fuqorolar yigʻini oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida tuman hokimiyati tomonidan roʻyhatga olingan.

Maydoni -.

Aholisi — 3450 nafar

Xonadonlar soni — 690 ta (2022-yil dekabr xisobi boʻyicha)

Tomosha hududidan A — 376 Qoʻqon — Jizzax xalqaro magistral yoʻli oʻtgan. Bundan tashqari Qoʻqon — Dushanbe- Toshkent temir yoʻli ham ushbu xududan oʻtgan.

Tomoshadan boshqa manzillar o‘rtasidagi masofa

Tomosha  — Navbahor (Gorskiy)  4,8 km

Tomosha — Beshariq dehqon bozori- 12 km

Tomosha — Fargʻona shahar markazi 113 km

Tomosha — Qoʻqon markaz (xokimyat) 20 km

Tomosha — Toshkent 255 km

Tomosha — Andijon 159 km

Tomosha — Namangan 134 km

Tomosha —  Samarqand 495 km

Tomosha — Xorazm 1139 km

Tomosha — Guliston 304 km

Tomosha — Makka ( Saudiya Arabistoni) 4852 km

Tomosha — Madina ( Saudiya Arabistoni) 4557 km

Tomosha — Ostona (Qozog’iston) 1871 km

Tomosha — Moskva (Rossiya) 3680 km

Tomosha — Bishkek (Qirg’iziston) 661 km

Tomoshada 10 dan ortiq savdo doʻkonlari, Qurilish mollari doʻkonlari, Dorixona, Veterenariya dorixonasi, chevarxonalar va boshqa xizmat koʻrsatish maskanlari bor. Oshxona, baliqxona, toʻyxonalar ham joylashgan. Tomoshada Markaziy stadion, bolalar va yoshlar uchun sport oʻyingohi, mini stadion joylashgan.

Tumadagi Markaziy Mineral Oʻgʻitlar ombori va Meva sabzovot Sovutgichi ombori bor.

Bundan tashqari turli xil tadbirkorlik markazlari davlat muassasalari ham joylashgan.

  1. Tomosha shaharchasida 4- umumiy oʻrta taʼlim maktabi[1]
  2. Furqat tuman Barkamol avlod markazi,
  3. Furqat tuman mudofaa boʻlimi
  4. Tomoshada davlat tassarufidagi 5- va 6 — maktabgacha taʼlim maskanlari
  5. Tuman Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boʻlimi
  6. Tuman Toza Xudud DUK boʻlimi
  7. Tomosha Kichik Erkin Iqtisdoiy zoʻnasi
  8. Qishloq vrachlik punkti
  9. Xususiy davolanish maskani (Klinika)

Tomosha MFY dagi mahalalar

Shodlik
Do‘stlik
Madaniyat
Mevazor
Shifokor
Guzar 1, 2
Qizil tepa
Ittifoq
Bog'u boston
Mustaqillik

Ta'lim va yoshlar. Tomoshada yoshlar taʼlimga eʼtibor yaxshi qaratilgan. Oliy oʻquv yurtlariga kirish boʻyicha tumanda yetakchilar qatorida borishmoqda. Tomoshada sport chempionlari yetishib chiqqan. Chet el xalqaro Oliy taʼlim muassasalarida tomoshalik yoshlar xam malaka oshirib kelmoqda.

Tomosha xalqi haqida qisqacha . Tomosha mexmondoʻst xalq. Qishloqda birdamlik xamjihatlik bor. Tomosha tashabusli budjet loyihasi tomonidan ajratilgan summani 3 marta yutub olgan.

[2]