Toni Villa
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Laureano Antonio Villa Suárez | ||
Tavallud sanasi | 7-yanvar 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Murcia, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.71 m | ||
Ampluasi | vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Girona | ||
Raqami | 12 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Valladolid | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014–2016 | Valladolid B | 74 | (7) |
2016–2017 | Cultural Leonesa | 36 | (5) |
2017–2022 | Valladolid | 139 | (11) |
2022– | Girona | 26 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 14-may uchun) |
Laureano Antonio „Toni“ Villa Suárez (1995-yil 7-yanvarda tugʻilgan), Toni Villa yoki oddiygina Toni nomi bilan tanilgan ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Girona“ klubi chap qanot himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniyaning Mursiya shahrida tugʻilgan Toni faoliyatini „Real Valladolid“ klubida boshlagan. U 2014-yilning 23-aprelida klubning zaxira jamoasidagi debyutini oʻtkazdi, Tercera División turniri doirasidagi „Racing Lermeño CF“ klubiga qarshi bahsda futbolchi zaxiradan maydonga tushirildi va ushbu uchrashuvda valyadolidliklar 5:1 hisobida gʻalaba qozondi[1].
Toni oʻzining birinchi golini 2014-yil 28-sentyabrda „Real Oviedo“ bilan kechgan (4:3) Segunda División B uchrashuvida kiritdi[2]. 2016-yilning 8-iyunida u klub bilan shartnomasini 2018-yilga qadar uzaytirdi[3], ammo 4-avgust kuni uchinchi diviziya jamoasi „Cultural y Deportiva Leonesa“ga ijaraga berildi[4].
2017-yilning 12-iyunida, 42 yil deganda „Cultural“ jamoasining Segunda divizioniga chiqishda yordam berdi. Biroq biroz vaqt oʻtgach sobiq klubi uning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirgach Toni „Valladolid“ga qaytdi va ikkinchi divizion klubining uzil-kesil asosiy tarkib futbolchisiga aylandi[5]. U professional debyutini 3-sentyabr kuni oʻtkazdi, oʻz maydonida „CD Tenerife“ga qarshi oʻyinda (2:0) Míchel oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushirildi[6].
2017-yilning 4-dekabrida Toni shartnomasini 2021-yilga qadar uzaytirdi[7]. U oʻzining birinchi professional golini 12-may kuni oʻz uyida „Albacete Balompié“ klubiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi[8]. Mavsum davomida u jami 30 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasining La Liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishida yordam berdi.
Toni Ispaniyaning yuqori divizonidagi debyutini 2018-yilning 17-avgustida „Girona“ jamoasiga qarshi safarda 0:0 hisobi yakunlangan oʻyinda oʻtkazdi[9]. U La Ligadagi ilk goli 1-dekabr kuni „CD Leganes“ga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi.
2022-yilning 1-sentyabrida Toni boshqa bir ispan klubi „Girona“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[10].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 14-may holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Copa del Rey | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Valladolid B | 2014–15 | Segunda División B | 37 | 5 | — | — | — | 37 | 5 | |||
2015–2016 | Segunda División B | 37 | 2 | — | — | — | 37 | 2 | ||||
Jami | 74 | 7 | — | — | — | 74 | 7 | |||||
Cultural Leonesa | 2016–2017 | Segunda División B | 36 | 5 | 5 | 0 | — | 4[lower-alpha 1] | 2 | 45 | 7 | |
Valladolid | 2017–2018 | Segunda División | 30 | 2 | 4 | 0 | — | 4[lower-alpha 2] | 0 | 38 | 2 | |
2018–2019 | La Liga | 26 | 2 | 0 | 0 | — | — | 26 | 2 | |||
2019–2020 | La Liga | 23 | 0 | 1 | 0 | — | — | 24 | 0 | |||
2020–2021 | La Liga | 21 | 2 | 4 | 3 | — | — | 25 | 5 | |||
2021–2022 | Segunda División | 37 | 5 | 3 | 0 | — | — | 40 | 5 | |||
2022–2023 | La Liga | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | |||
Jami | 139 | 11 | 12 | 3 | — | 4 | 0 | 155 | 14 | |||
Girona | 2022–2023 | La Liga | 24 | 1 | 2 | 0 | — | — | 26 | 1 | ||
2023–2024 | La Liga | 2 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | ||||
Jami | 26 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 28 | 1 | ||
Karyera jami | 274 | 24 | 19 | 3 | 0 | 0 | 8 | 2 | 301 | 29 |
- ↑ Segunda División B play-offsdagi o'yinlar
- ↑ La Liga play-offsdagi o'yinlar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „5–1: El Promesas golea con facilidad al Racing Lermeño“ [5–1: Promesas easily thrash Racing Lermeño] (es). Real Valladolid (2014-yil 23-aprel). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
- ↑ „Derrota del Real Oviedo ante el Valladolid B (4–3)“ [Defeat of Real Oviedo against Valladolid B (4–3)] (es). RTPA (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
- ↑ „El Real Valladolid proyecta su cantera“ [Real Valladolid project their youth setup] (es). Real Valladolid (2016-yil 8-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
- ↑ „Toni, a la Cultural Leonesa“ [Toni, to Cultural Leonesa] (es). Real Valladolid (2017-yil 4-avgust). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
- ↑ „Álex Pérez renovará y Toni volverá“ [Álex Pérez will renew and Toni will return] (es). Real Valladolid (2017-yil 12-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
- ↑ „El imbatido Tenerife sucumbe ante un gran Valladolid“ [The unbeaten Tenerife fall against a great Valladolid] (es). Marca (2017-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Toni 2021“ (es). Real Valladolid (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
- ↑ „Ni VAR ni puntería“ [Neither VAR nor aim] (es). Marca (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ „Ni VAR ni puntería“ [Neither VAR nor aim] (es). Marca (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ „L’extrem Toni Villa jugarà a Girona“ [Winger Toni Villa will play at Girona] (ca). Girona FC (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Profile at the Girona FC website