Topoliniy pux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Topoliniy pux“
„Ivanushki International“ qoʻshigʻi
„Ob etom ya budu krichat vsyu noch“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1998
Janr pop
Davomiyligi 3:52
Matn muallif(lar)i Mixail Andreyev
Bastakor(lar) Igor Matviyenko
Klipi
„Topoliniy pux“ YouTubeda

Topoliniy pux“ (ruscha: Тополиный пух, yaʼni „Terak momigʻi“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1988-yil singl oʻlaroq chiqarilgan. 1999-yil guruhning „Ob etom ya budu krichat vsyu noch“ nomli albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Topoliniy pux“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biridir: 2020-yil holatiga koʻra, Spotify hamda Apple Music platformalarida aynan shu qoʻshiqni guruh muxlislari eng koʻp tinglagan.

„Topoliniy pux“ qoʻshigʻi matnini shoir Mixail Andreyev yozgan[1], kuyini esa guruh produseri Igor Matviyenko bastalagan. Qoʻshiq Adreyevga katta shuhrat olib kelgan: unga muxlislar pochta orqali terak momigʻini yubora boshlagan. Qoʻshiq uchun rejissor Oleg Gusev olgan klip rus musiqa telekanallarida keng ommalashgan[2]. „Topoliniy pux“ „Ivanushki International“ guruhiga Oleg Yakovlev qoʻshilganidan keyin yozilgan ilk ashuladir.

„Topoliniy pux“ qoʻshigʻi „Zolotoy grammofon 1998“ hamda „Pesnya goda 1998“ mukofotlari bilan taqdirlangan[2]. Qoʻshiqni bugunga qadar ber necha sanʼatkor kaver qilgan. Ashula 2021-yil rejissor Jora Krijovnikov olgan „Lyod 2“ filmi saundtrekiga kiritilganidan keyin yangidan ommalashdi.

Qoʻshiqning „Terak momigʻi, jazirama issiq, iyul“ (ruscha: Тополиный пух, жара, июль) misrasi tanqidga uchragan: koʻpchilik Rossiyada terak momigʻi may oyi oxiri, iyun oyi boshlarida tarqalishini aytib, qoʻshiqni keskin tanqid qilgan. Ammo shoir Andreyev Tomsk shahrida iyul oyida ham terak momigʻi koʻrganini aytib, tanqidlarni rad etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Shanga, Vitaliy „Почему в песне «Иванушек International» допущена грубая ошибка“ (ruscha). Woman Hit (29-avgust 2018-yil). Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Иванушки International «Тополиный пух»“ (ruscha). Soundtimes. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]