Torjok
Torjok Торжок | |
---|---|
Shahar | |
57°02′00″N 34°58′00″E / 57.03333°N 34.96667°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Aholisi | 41 116 (2 021) |
Milliy tarkib | ruslar, ukrainlar |
Konfessiyaviy tarkib | pravoslav |
Telefon kodi | +7 48251 |
Pochta indeks(lar)i | 172000—172011 |
|
Torjok – Rossiyaning Tver viloyatidagi shahar. Torjok tumanining maʼmuriy markazi viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan shahar (okrug) hisoblanadi[1].
Torjok Rossiyaning janubiy viloyatlaridan Novgorod va Sankt-Peterburgga yaqin joylashgan yirik savdo shahri. XV asrning oʻrtalariga qadar Novgorod Respublikasining chegara shahri boʻlgan.
Shaharda XVII–XIX asrlarning meʼmoriy yodgorliklari, jumladan, turar-joy binolari, cherkovlar, Borisoglebskiy va Tirilish monastirlari saqlanib qolgan. Poligrafiya sanoati va yongʻinga qarshi uskunalar ishlab chiqarish rivojlangan. Aholisi 41 116 kishini tashkil etadi (2021-yil holatiga).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Torjok Rossiyaning Yevropa qismida, Tverdan 63 km shimoli-gʻarbda, Valday togʻining etaklarida, Volganing chap irmogʻi boʻlgan Tvertsa daryosining ikkala qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning maydoni 58,8 km². Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi 165 m[2].
Tver Torjokdan 64 kilometr janubi-sharqda, Moskva esa 239 kilometr uzoqlikda joylashgan. Torjok temir yoʻl stantsiyasi Rjev, Lixoslavl va Soblagoga yoʻnalishlar kesishmasi bilan ulangan.
Torjok shahri Torjok tumanining markazi hisoblanadi.
Shahar Tvertsa daryosi kesib oʻtishi natijasida 2 qismga boʻlingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Torjok Rossiyaning eng qadimgi shaharlaridan biri. Torjok nomining kelib chiqish davri aniq emas. Taxminlarga koʻra shaharga X-XI asrlar oxirida Novgorod savdogarlari tomonidan asos solingan. Buni arxeologik qazishmalar natijalari tasdiqlaydi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilgi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisi soni boʻyicha Rossiya Federatsiyasining 1119 ta shaharlari orasida 369-oʻrinda edi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektronika sanoati rivojlangan. „Rossiya temir yoʻllari“ OAJ lokomotiv xoʻjaligi bosh boshqarmasining loyiha-qurilish byurosining filiali Torjokda joylashgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Устав города Торжок“ (deadlink). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „История города“. Официальный сайт администрации города Торжка. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Пожтехника - огнетушители, пожарная и коммунальная техника“. 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.