Kontent qismiga oʻtish

Tosa (Kōchi)

Koordinatalari: 33°29′45.8″N 133°25′31.3″E / 33.496056°N 133.425361°E / 33.496056; 133.425361
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tosa

土佐市
Shahar
Skyline of Tosa
Tosa
Bayroq
33°29′45.8″N 133°25′31.3″E / 33.496056°N 133.425361°E / 33.496056; 133.425361
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Shikoku
Prefektura Kōchi
Hukumat
 • Mer Yoshifumi Itahara (since October 2007)
Maydon 91.50 km2 (35.33 kv mi)
Aholisi
 (1 August 2022)
26 427
Tosa xaritada
Tosa
Tosa
Tosadagi Niyodo daryosi
Tosa shahar markazining havodan koʻrinishi

Tosa (yaponcha: 土佐市 Tosa-shi?) – Yaponiyaning Kōchi prefekturasida joylashgan shahar. 2022-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 26,427 kishini tashkil qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 290 kishi toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 91.50 km² (35.33 mi²)[1].

Tosa Sikoku orolining janubiy qirgʻogʻidagi markaziy Kochi prefekturasida joylashgan boʻlib, shimolda Shikoku togʻlari va janubda Tinch okeaniga qaragan. Guruch yetishtiriladigan Niyodo daryosi shahardagi Takaoka tekisligidan oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tosa nam iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin. Tosada oʻrtacha yillik harorat 15.9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 2631 mm, sentyabr eng yomgʻirli oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat avgust oyida 25.9 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, 5.8°C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Tosa aholisi oʻtgan asr davomida nisbatan barqaror boʻlib qoldi[3].

Butun Kochi prefekturasida boʻlgani kabi, Tosa hududi ham qadimgi Tosa viloyatining bir qismi edi. Shahar hududidan 4000 yil oldingi Jomon davrining qoldiqlari topilgan. Meiji islohotidan soʻng, 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi davrida Kochining Takaoka tumanida Takaoka qishlogʻi tashkil etildi. Takaoka 1899-yil 1-martda shaharcha maqomiga koʻtarildi. Takaoka 1959-yil 1-yanvarda shahar maqomiga koʻtarildi va Tosa deb oʻzgartirildi.

Tosa toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shaklidagi shahar. Tosa Kōchi prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzo qoʻsha oladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Parlamenti quyi palatasining Kōchi 1-okrugiga kiradi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192028 057—    
193028 067+0.0%
194026 804−4.5%
195034 107+27.2%
196031 803−6.8%
197029 905−6.0%
198031 677+5.9%
199031 564−0.4%
200030 338−3.9%
201028 698−5.4%