Kontent qismiga oʻtish

Toshbuloq (qadimiy shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshbuloq
qadimgi shahar
Mamlakat Oʻzbekiston
Asos solingan Buyuk ipak yoʻli davri
Qachondan beri qadimgi shahar V—XI asrlar
Iqlim turi keskin kontinental

Toshbuloq – Oʻzbekiston hududida joylashgan qadimgi shahar[1][2][3]. Buyuk ipak yoʻli natijasida asos solingan. Shaharda V asrdan XI asrgacha aholi istiqomat qilgan. Hududi 12-15 gektarni boʻlgan. Tugunbuloq qadimiy shahridan 3 km uzoqlikda joylashgan[4].

Shahar qish va bahor fasllari mobaynida qor bilan qoplangani bois, aholisi asosan temirchilik faoliyati bilan shugʻullangan. Shu bilan birgalikda, yoz oylarida shahar aholisi chorvachilik bilan shugʻullangan.

Kashf etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadqiqotchilar 2011-yilda Oʻzbekistonning janubi-sharqidagi togʻlarda izlanishlar olib borayotgan vaqtda qabristonni koʻrib qolishgan va bu yerni oʻrganishgan[5]. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimi Farhod Maqsudovning fikricha, hududdan topilgan sopol idishlar va qabrlar bu yerda aholi yashagan degan fikrni tasdiqlaydi. Vashington universitetining arxeolog-olimi Michael Frachetti bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu hudud dengiz sathidan 2,000 metr balandlikda joylashgan. 2022-yilda tadqiqotchilar „LiDAR“ nomli dron yordamida shaharni xaritalashtirgan. Shaharning yuqori hududda joylashuviga sabab qilib, shahar aholisi uchun temirni eritishda kerak boʻladigan olovlarni hosil qilishda yuqorida esadigan shamolning roli kattaligi koʻrsatiladi.