Kontent qismiga oʻtish

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2005-yil
Rektori Farrux Muxtarov
Talabalari 4,277+
Veb-sayti  Rasmiy veb sahifa

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali (qisqartmasi TATUFF) – Fargʻonadagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati va telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet Far’gonada 2005-yilda tashkil etilgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulugʻ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi va hozirgi paytgacha universitet va barcha filiallari nomi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti nomi bilan atalmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PQ-91-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliginining 2005-yil 14-iyundagi 130-son buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

2022-yil 18-dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori: Muxtarov Farrux Muhammadovich
  2. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor: Tolipov Baxtiyor Xamitovich
  3. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Abdullayev Temurbek Marufjonovich
  4. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Polvonov Baxtiyor Zaylobidinovich
  1. Kompyuter injiniringi fakulteti
  2. Dasturiy injiniring fakulteti
  3. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
  1. Tabiiy fanlar kafedrasi
  2. Axborot texnologiyalari kafedrasi
  3. Dasturiy injiniring kafedrasi
  4. Kompyuter tizimlari kafedrasi
  5. Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
  6. Axborot taʼlim texnologiyalari kafedrasi
  7. Oʻzbek tili va gumanitar fanlar
  8. Axborot xavfsizligi
  9. Xorijiy tillar kafedrasi

Professor-oʻqituvchilari tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida 124 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Talabalar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda filialda bakalavriaturaning kunduzgi taʼlim shaklida 2279 nafar, sirtqi taʼlim shaklida 1658 nafar, masofaviy taʼlim shaklida 299 nafar, magistratura mutaxassisligida 41 nafar, jami 4277 nafar talaba va magistr tahsil olmoqda.

Universitetdagi taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida 3 ta fakultet, sirtqi boʻlim va 9 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Universitetda taʼlim ikki tilda olib boriladi: oʻzbek, rus

Taʼlim jarayoni

Universitet zamonaviy standartlarga muvofiq ikki bosqichli taʼlim jarayonini amalga oshiradi:

  • Birinchi bosqich – bakalavrlarni tayyorlash (kunduzgi boʻlimda 4 yil);
  • Ikkinchi bosqich – tanlangan magistrlik dasturi boʻyicha magistrlarni tayyorlash (2 yil).

Kunduzgi taʼlim shakli:

Bakalavriyat taʼlim yoʻnalishlari nomi:

  • 60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  • 60320400 – Kutubxona – axborot faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)
  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60610700 – Sunʼiy intellekt
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“)
  • 60611300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
  • 60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi
  • 60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi
  • 60711500 – Mexatronika va robototexnika

Sirtqi taʼlim shakli:

Sirtqi taʼlim yoʻnalishlari nomi:

  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“)
  • 60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi

Masofaviy taʼlim shakli:

Masofaviy taʼlim yoʻnalishlari nomi:

  • 60610500- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring

Magistratura taʼlim yoʻnalishlari nomi

  • 70610302 – Axborot xavfsizligi (yoʻnalishlar boʻyicha)
  • 70610501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish)
  • 70610601 – Dasturiy injiniring
  • 70611001 – Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
  • 70611401 – Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi

Taʼlim jarayonini yuksak salohiyatli professor-oʻqituvchilar olib boradi

Fakultet va kafedralar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti

Kompyuter injiniringi

Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti

Axborot-resurs markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali Axborot-resurs markazi 2005 yilda tashkil etilgan. Filialining Axborot – resurs markazi 115 ta oʻrindan iborat. Axborot-resurs markazi zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. 38 ta zamonaviy kompyuterlar boʻlib barchasi internet tarmogʻiga lokal tarmoq va Wi-Fi qurilmalari yordamida ulangan. Kitobxonlar kompyuter texnikasidan erkin foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan, 1 ta rangli printer, 2 ta oddiy printer va 2 ta tezkor skaner mavjud.

Axborot resurs markazi fondi: Axborot-Resurs Markazining umumiy kitob fondi nomda: 4001 ta, nusxada: 13031 tani tashkil etadi. Shundan: oʻquv adabiyotlari – 2458 nomda 9945 nusxa, ilmiy adabiyotlar – 123 nomda 610 nusxa, badiiy adabiyotlar – 886 nomda 1387 nusxa, boshqa adabiyotlar – 544 nomda 1089 nusxada mavjud.

Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan Axborot resurs-markaziga aʼzo boʻlgan professor-oqituvchilar 109 ta, talabalar 790 nafarni tashkil etadi.

Axborot-resurs markazidan masofadan turib foydalanish uchun telegram messengeri orqali https://t.me/libfbtuituz_bot havolasi orqali TATUFF elektron kutubxona boti ishga tushirilgan. Elektron kutubxona boʻyicha https://lib.fbtuit.uz havolasi orqali oʻz veb sayti yoʻlga qoʻyilgan va elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Hozirda ARM elektron adabiyotlar bazasi 2100 dan ortiq adabiyotlarlar bilan taʼminlangan hamda ushbu yilda ARM fondidagi adabiyotlarni 100% elektron fondda shakllantirish boʻyicha ishlar davom etmoqda. Talabalarning mustaqil ishlarida koʻmakdosh sifatida mahalliy hamda xorijiy ilmiy bazalar bilan hamkorliklar yoʻlga qoʻyildi.

Mahalliy ARM va kutubxonalardan: Tayanch oliygoh TATU, Viloyat kutubxonasi hamda FarDU elektron kutubxonalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Xorijiy hamkorliklardan: EBSCO ilmiy-taʼlimiy maʼlumotlar bazasidan. Bosh qarorgohi Massachuses shtatining Ipsvich shahrida joylashgan EBSCO Informatsion Services EBSCO Industries Inc.ning boʻlinmasi boʻlib, shtab-kvartirasi Alabama shtati Birmingem shahrida joylashgan. EBSCO butun dunyo boʻylab turli xil kutubxonalarga xizmatlarni taqdim etadi.

2005—2011-yillar Rustam Dadajonovich Teshaboev

2012—2012-yillar Fazlitdin Yuldashevich Polvonov v.b

2012—2012-yillar Akbarali Maxamatovich Rasulov

2012—2014-yillar Fazlitdin Yuldashevich Polvonov v.b

2014—2018-yillar Baxtiyor Abdusalamovich Mirzakarimov

2018—2022-yillar Akbarali Maxamatovich Rasulov

2022—h. v. Farrux Muhammadovich Muxtarov

Xalqaro hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali Xalqaro aloqalar boʻlimining asosiy maqsadi universitetda xalqaro hamkorlik uchun koʻp tilli va koʻp madaniyatli muhitni yaratish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish orqali universitetni xalqaro taʼlim makoniga integratsiya qilishdan iborat. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va uni yetakchi mamlakatlar qatoriga qoʻshish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlarning universitetlari bilan oʻzaro hamkorlik qilib kelinmoqda. Jumladan, Bangladesh, Belorussiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, va Ozarbayjon davlatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik shartnoma va memorandumlar imzolangan. Shuningdek, mahalliy OTMlar bilan memorandumlar imzolanib, oʻquv jarayonlarida oʻzaro taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik ishlar olib borilmoqda. Mazkur xujjatlar doirasida doʻstona va samarali hamkorlik ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Universitet talabalariga zamonaviy texnologiyalarga asoslangan taʼlim bilan birlashtiradigan ilmiy markazlar tashkil etilgan. Filialda Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda „Axborot almashinuv markazi“ faoliyat yuritmoqda. Oʻquv jarayoni mobaynida xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislar taʼlim jarayoniga jalb qilinmoqda.