Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toʻrtkoʻl fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toʻrtkoʻl fakulteti
(TDIU TF)
Asos solingan 2021
Oʻquv yurti turi Fakultet
Rektori Toʻlqin Teshaboyev
Talabalari 750
Bakalavriat 4 yil
Manzili To‘rtko‘l, Qoraqalpog’iston Respublikasi


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toʻrtkoʻl fakulteti 

Fakultet haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻlimning funksional vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy OTMlar va Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy- iqtisodiy va gumanitar rivojlantirish vazifalarini hal etishda boʻlim rolini kuchaytirish va xorijiy OTM, Vazirlik va universitet rahbariyatining talablari asosida talabalarning haftalik oʻquv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini hamda oʻqitiladigan fanlar tizimini muvofiqlashtirish;

Iqtisodiyot, fan va boshqaruv sohalarida ularning faoliyati sifati va samaradorligini taʼminlovchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yangi shakllari, usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va davlat taʼlim standartlari asosida shakllantirish;

Boʻlim oliy maʼlumotli, mutaxassislik (mutaxassislik yoʻnalishlari), boʻyicha mutaxassisning malakasini oshirishni taʼminlovchi oliy taʼlimning qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshiradi va ikki diplom yaʼni xorijiy OTMlar va TDIU diplomlariga ega, yuqori malakali, raqobatbardosh oliy toifali mutaxassislarni tayyorlash.

Boʻlimning maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻlim faoliyatining maqsadi taʼlim, ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni amalga oshirish, oliy iqtisodiy taʼlimni ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishdan iborat, pedagogika muammolari, oliy maktabda oʻqitish metodikasi, yuqori malakali mutaxassislarni oʻqitish, qonun hujjatlarida belgilangan doirada kadrlar va boshqa faoliyatni tanlash va joylashtirish boʻyicha axborot almashish sohasidagi tajribani kengaytirish.

Fakultet tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Oʻzbekiston yoshlarining milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishida mehnat unumdorligi, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini jahon darajasiga yetishini taʼminlashdagi ishtiroklari eng katta yutuqlarimizdan hisoblanadi. Buning uchun albatta iqtidorli kadrlarga ehtiyoj ortaveradi. Oʻzbekistonning salohiyatli yoshlari bugun uchun emas balki, kelajak avlodlarimizning farovon yashashlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratishda muhim roʻl tutadilar. Toʻrtkoʻl fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 25-iyundagi 275-sonli buyrugʻi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida tashkil qilingan. Ushbu fakultetning tashkil qilinishidan koʻzlangan asosiy maqsad davlatimiz raxbarining yoshlarimizni oliy maʼlumotli boʻlishlari uchun ularga taʼlim olishlarida qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bir qatorda, uzoq viloyatlarga borib yurmasdan oʻz hududlarida yashagan holda, ularning oilaviy byudjetlariga ham koʻmaklashib, oliy maʼlumotli boʻlishlari uchun qilingan ezgu amallar nazarda tutilgan. Toʻrtkoʻl fakulteti 2021-2022 òquv yililda oʻz faoliyatini boshladi va oʻquv yilidan 3 ta yoʻnalishda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan talabalarga ilk taʼlim-tarbiya jarayonlari boshlangan. 2022-2023 oʻquv yilidan umumiy 6 ta yoʻnalish Iqtisodiyot, Buxgalterya hisobi va audit, Bank ishi va auditi, Moliya va moliya texnologiyalari, Axborot tizimlari va texnologiyalari va Soliqlar va soliqqa tortish yoʻnalishlarida bakalavr talabalar tahsil shulardan 373 nafar talaba tahsil olmoqda.

Akademik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetda oʻquv-uslubiy ishlar universitet, kafedralar va oʻqituvchilarining shaxsiy oʻquv rejalariga muvofiq olib boriladi. Barcha oʻquv-uslubiy ishlar oʻquv jarayonini normal va sifatli taʼminlash, mashgʻulotlarni barcha tur va shakllarining ilmiy-nazariy va uslubiy darajasini oshirishga qaratilmoda. Kafedralarda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darslik va boshqa uslubiy qoʻllanmalar tayyorlashga ham katta eʼtibor berilmoqda.

Tayyorlanayotgan darslik, oʻquv qoʻllanmala, maʼruza matnlarida Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligiga, milliy mafkurasiga va iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiyalashga doir siyosiy hamda gʻoyaviy jihatlar oʻz ifodasini topgan. Yangi tayyorlangan oʻquv qoʻllanmalar, darslik va dasturlarda Milliy dastur va „Kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida“gi qonun talablari, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotiga oid boʻlgan muammolar, ularning echimlari kabi masalalarga keng eʼtibor berilgan hamda hisobot maʼlumotlari tahlil qilingan. Yangi oʻquv rejasi talabalarning koʻproq individual va mustaqil ishlarga soatlar ajratishni taqazo qilishi tufayli kafedra jamoasi amaliy mustaqil ishlarni toʻgʻri tashkil qilish maqsadida bu ishlarni rejalarini tuzish bilan birga ularni amalga oshirish uchun uslubiy qoʻllanmalar tayyorlanmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardan mashgʻulotlar ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida oʻtkazilmoqda. Mashgʻulotlarda keys texnologiyasidan keng foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Fakultetda taʼlimning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoda. Fakultet taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitiruv malakaviy ishlarining 45 foizdan ortigʻi amaliyot korxonlari buyurtmalari asosida bajarilib, ularda berilgan taklif va tavsiyalar dalolatnomalar asosida amaliyotga tadbiq etish uchun qabul ilingan. Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi itisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodoyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bank hamda koʻplab tijorat banklari va bir qator qoʻshma korxonalarda oʻtkazib kelinadi.

Bakalavriat yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 60410100 Buxgalterya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
3 60410500 Bank ishi va auditi
4 60610200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va tarmoqlar boʻyicha)
5 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
6 60410200 Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha)
7 61010401 Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)