Kontent qismiga oʻtish

Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali – muhandislik texnologiyalari, geologiya, iqtisodiyot, texnika sohalarida mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat texnika universitetining Fargʻona vodiysidagi ilk va hozircha yagona filialidir.

Map
Xaritada joylashishi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filialining kirish qismi
Xalqaro nomi
Kokand branch of the Tashkent State Technical Universtiy named after Islam Karimov
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2018-yil, 22-sentyabr
Rektori Maqsudov Muzaffar Saminjonovich [1]
Fakultetlar Energetika, Muhandislik
Talabalari 1519
Bakalavriat 13 bakalavriat yo'nalishlari mavjud
Magistratura 2 ta magistratura yo'nalishlari mavjud
Manzili
O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Alisher Navoiy mavzesi, Usmon Nosir ko'chasi, 4-uy
Veb-sayti tdtukokand.uz
Fayl:TDTU Kokand logo.png
TDTU Kokand logo
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali logotipi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 2018-yil 22-sentyabrdagi 754-son qaroriga asosan tashkil qilingan.[1]

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilangan:

– sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muhandislik ishi hamda ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari uchun, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar va jihozlar, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;

– iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;

– kadrlar buyurtmachilari takliflari hamda xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;

– oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantirish;

– respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktaranturaga muntazam yuborish orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

direktor
Muzaffar Saminjonovich Maksudov – 2023-yil 26-dekabrdan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.

Bakalavriat yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shifr Taʼlim yoʻnalishining nomi Kunduzgi Sirtqi
1 60310100 Iqtisodiyot + +
2 60411200 Menejment + +
3 60711400 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish + +
5 60710100 Kimyoviy texnologiya + +
6 60712500 Transport vositalari muhandisligi + +
7 60720600 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi + +
8 60711200 Elektronika va asbobsozlik + +
9 60712000 Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi + +
10 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar + +
11 60710700 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari + +
12 60722500 Geodeziya, kartografiya va kadastr + -
13 60721200 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi + -

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shifr Taʼlim yoʻnalishining nomi
1 70710101 Kimyoviy texnologiya (Ishlab chiqarish turlari boʻyicha)
2 70721402 Texnologiyalar va jihozlar (Turlar boʻyicha)