Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litsey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2006 yil 31 iyuldagi PQ-427-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish toʼgʼrisida” 2006 yil 31 avgustdagi 188-son qarorlariga muvofiq, 2006 yil 2 sentyabrdan Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey nomi bilan faoliyatini boshlagan. Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi 1974 yilda 2 qavatli bino sifatida qurilgan. Toshkent shahri Yunusobod tumani 3-mavze, 7-uy manzilida joylashgan. Umumiy yer maydoni 11 871 kv.m., oʼquv binolari soni 1 ta, 2 qavatli, isitish tarmogʼi markazlashgan. ​Bugungi kunda muassasaning quvvati 400 oʼrindan iborat. Binoning S bloki 1, 2 qavatidagi oʼquvchilar uchun yotoqxonagga moslashtirilgan. ​Аkademik litseyda hozirda Аniq fanlar-1 (fizika, matematika), Аniq fanlar-2 (Matematika, ingliz tili), Tabiiy fanlar-1 (kimyo, biologiya), Tabiiy fanlar-2 (kimyo, matematika) taʼlim yoʼnalishlarida 268 nafar oʼquvchi taʼlim oladi. 1-kursda 153 nafar, 2-kursda 115 nafar. ​Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida hozirgi vaqtda 4 ta taʼlim yoʼnalishida jami 27 nafar pedagog xodimlar tomonidan taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda. Jami pedagog xodimlarning 1 nafari fan nomzodi, 7 nafari bosh oʼqituvchi, 4 nafari yetakchi oʼqituvchi, 9 nafari katta oʼqituvchi, 6 nafari oliy maʼlumotli oʼqituvchilardir.
Akademik litseyda o‘qish muddati 2 yil. Akademik litseyda taʼlim sifatini yaxshilash hamda tartib-intizomga qatʼiy amal qilishni taʼminlash maqsadida akademik litseyining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 16 ta videokuzatuv kameralari va qurilmalari hamda akademik litsey radiouzeli o‘rnatildi. Hozirda har bir auditoriyalarga videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish ishlari tashkil qilinmoqda. Akademik litsey o‘quv jarayonida internet tizimini talab darajasida ishlashini taʼminlash uchun optik tolali internet provayderiga ulandi. Provayder Uztelekom, internet tezligi 100 m/s ni tashkil etadi. Akademik litseyda 2 ta vay-fay internet tarqatish qurilmasi va lokal set orqali kompyuterlar tarmoqqa ulangan.

Akademik litsey bitiruvchilarini OTMga kirish ko‘rsatkichlari:

2022/2023-o‘quv yilida 80,12 %


Akademik litsey rahbariyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xolmirzayev Zulfiqor Jo‘rayevich - Ijrochi direktor
  • Sadikov Farxodjon Gulamovich - O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  • Kaytarova Shaxnoza Akramovna - Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari
  • Akramov Xumoyun Ortig‘ali o‘g‘li - Moliya iqtisod ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Taʼlim yo'nalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aniq fanlar 1 (matematika, fizika)
  2. Aniq fanlar 2 (matematika, ingliz tili)
  3. Tabiiy fanlar 1 (biologiya, kimyo)
  4. Tabiiy fanlar 2 (matematika, kimyo)

INNOVATION TECHNOLOGY OF SCIENCE[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4910-son, hamda 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4306-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikadagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya, fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan “ITS” onlayn-oflayn Respublika olimpiadasi tashkil etildi. “https://its.tktial.uz” Respublika olimpiadasi joriy yilda 4 marotaba o‘tkazildi. Joriy yilda, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va akademik litseyi masʼulligida “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish maqsadida qimmatbaho sovg‘alar bilan ta’minlab kelmoqda.