Kontent qismiga oʻtish

Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asos solingan sanasi 12-iyul 1918-yil
Veb-sayti  

Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti – SSSR Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy taʼlim muassasasi[1][2].

Toshkent umumiy qurol-yarogʻ bilim yurti yoki oddiy tilda aytganda – Lenin maktabi tarixi[3] 1918-yil 12-iyulda Turkiston Sovet Respublikasi Harbiy Komissarligining 456-sonli buyrugʻi bilan Toshkent shahrida qizil qoʻmondonlarni tayyorlash boʻyicha Turkiston Sovet qoʻmondonlik kurslarini tashkil etgan davrga borib taqaladi[4]. 1918-yil 31-iyulda Turkiston sovet qoʻmondonlik kurslarining lavozimi va shtatlari eʼlon qilindi.

1918-yil 17-sentyabrda kurslarda darslar boshlandi. 22-sentyabr kuni kurslarning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi, unda Toshkent shahridagi mahalliy harbiy, partiya va kasaba uyushma tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

1922-yildan Turkiston komandirlar tarkibini tayyorlaydigan birlashgan maktab, 1943-yildan Toshkent piyoda askarlar bilim yurti nomi bilan yuritilgan. 1958-yildan Umumqoʻshin komandirlari oliy bilim yurti, 1991-yildan Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti nomi bilan atalgan. 1992–2003-yillar mobaynida 2,5 mingdan ortiq ofitser tayyorlangan. Bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi: motooʻqchilar boʻlinmasi komandirlari; motooʻqchi qoʻshinlari komandirlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari; qoʻshin razvedkasi taktik komandirlari. Bilim yurtida tinglovchilarning taʼlim jarayoni amaliy va nazariy tayyorgarliklardan tashkil topib, ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Jangda jasorat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yil 25-dekabrda kurslar sobiq kadet harbiy bilim yurti binosidan doimiy yashash uchun qal’aga koʻchirildi. 1919-yilning yanvar kunlarida kursantlar K. Osipov boshchiligida Toshkentda qoʻzgʻolonchilarga qarshi boʻlgan janglarda faol qatnashdilar.

1919-yil 18-yanvardan boshlab kurslar V. I. Lenin nomidagi Turkiston harbiy instruktorlar maktabi nomi bilan atala boshlandi[5][6].

Turkiston qoʻmondonlik kurslarining birinchi boshligʻi Qoʻshakov (1918) va kurslar komissari S. M. Fedoseyev boʻlgan. 1918-yil noyabrdan 1919-yilgacha kurslarga Kushka qal’asining sobiq komendanti, rus armiyasi general-leytenanti A. P. Vostrosablin qoʻmondonlik qilgan. U inqilobdan keyin ixtiyoriy ravishda yangi hukumat tomoniga oʻtgan va Turkistondagi aksilinqilobiy harakatlarga qarshi janglarda faol ishtirok etgan. Fuqarolar urushining turli davrlarida (1918–1920) harbiy kurslarga S. N. Tretyakov (1918), K. P. Dolgashev-Dik (1919–1920), Kireyev (1919), S. V. Bulyukin (1920-1921) qoʻmondonlik qilgan[7].

1918–1920-yillarda boʻlajak qoʻmondonlar, oʻqituvchilar va harbiy instruktorlar orasida Alekseyev, Gordeyev, A. M. Gurtix, Davidov, S. G. Kolbasin, A. P. Kolyushev, Kartashev, N. A. Martixin, D. V. Poletayev, N. A. Salarev, A. V. Tokarskiy, V. N. Finkelshteyn va boshqalar boʻlgan.

  1. „Тесты в высших военных учебных заведениях Узбекистана. 10.07.2014“ (deadlink). 2016-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  2. „Я б в военные пошел: высшее военное образование в Узбекистане“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  3. Sleduet zametit, chto pervoe voennoe uchiliщe v Tashkente – Ташкентское военное училище – voenno-uchebnoe zavedenie imperatorskoy Rossii, gotovivshee ofitserov pexoti, bilo otkrito v Tashkente visochayshim Ukazom ot 6 iyulya 1914 g. nezadolgo do Pervoy mirovoy voyni. V sootvetstvii s etim visochayshim poveleniem bilo otkrito dva voennix uchiliщa: 2-e Kievskoe, dvuxklassnoe, i Tashkentskoe, trexklassnoe. Priem v eti uchiliщa proizvodilsya v sootvetstvii s sirkulyarami, obʼyavlennimi Glavnim shtabom 12 iyunya 1914 g.. Tashkentskoe voennoe uchiliщe bilo zakrito resheniem novix vlastey 6 noyabrya 1917 g..
  4. Ye. V. Zemskov „Tashkentskoe Krasnoznamennoe. Ocherki istorii. Glava 1“ (Wayback Machine saytida 2023-06-27 sanasida arxivlangan): Podgotovka krasnix komandirov razvernulas s samogo nachala organizatsii Krasnoy Armii. Dlya etoy seli po vsey strane otkrivalis kursi po podgotovke komandnogo sostava. Podobnie kursi sozdavalis takje na frontax i v deystvuyuщix armiyax. V marte 1918 g. imelos 13 statsionarnix kursov, v yanvare 1919 g. – 63, v yanvare 1920 g. – 91. K konsu grajdanskoy voyni v strane naschitivalos svishe 150 voenno-uchebnix zavedeniy razlichnogo tipa i profilya. Za period 1918—1921 gg. godov voennoe obrazovanie na razlichnix kursax poluchili okolo 60 000 chelovek.
  5. 18 yanvarya 1919 g. v sootvetstvii: s xodataystvom Voennogo Komissariata ot 31 dekabrya 1918 g. i postanovleniem Soveta Narodnix Komissarov Turkrespubliki kursam bilo prisvoeno imya Lenina. Oni bili pereimenovani v Turkestanskuyu shkolu voennix instruktorov imeni V. I. Lenina.
  6. S 17 marta 1920 g. oni stali nazivatsya – Tashkentskie pexotnie komandnie kursi imeni V. I. Lenina. 9 fevralya 1921 g. kursi bili reorganizovani v 23- yu Tashkentskuyu pexotnuyu shkolu komandnogo sostava, 18 noyabrya 1922 g. posle reorganizatsii poluchila nazvanie Tashkentskaya obʼedinennaya imeni V. I. Lenina komandnaya shkola (TOSh), pozdnee, 9 maya 1923 g., shkola bila pereimenovana v 4- yu Tashkentskuyu obʼedinennuyu imeni V. I. Lenina komandnuyu shkolu (4TOSh), a s 1937 g. stali nazivatsya Tashkentskoe pexotnoe uchiliщe imeni V. I. Lenina.
  7. Znamya predstavlyaet soboy polotniщe iz krasnogo shelka s vishitim gerbom TASSR i nadpisyu „Pervie Turkestanskie komandnie kursi“.