Kontent qismiga oʻtish

Toshkent otchopari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent otchopari - ot sporti buyicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, turli marosimlar oʻtkaziladigan, uloq chopiladigan, otlar bilan mashqlar olib boriladigan sport inshooti. Toshkentda rasmiy ot sporti musobakalari dastlab 20-asr boshlarida oʻtkazilgan. Shaharda 1976-yilgacha otchopar (ippodrom) Qoʻyliq mavzei yaqinida boʻlgan. 1976-yil respublikada eng yirik otchopar — Toshkent otchopari qurildi (Akmal Ikromov tumani hududida, maydoni 70 ga, meʼmorlar: R. U. Asanov, E. I. Gusarova). Toshkent otchoparida chavandozlik, ot poygasi, ot choptirish, yoʻrttirish, otlarni sinash va sovitish, mashq qildirish maydonlari,. toʻsiqli yoʻlkalar, veterinariya lazareti, karantin xonalari, hovuz va boshqa bor. Toshkent otchoparida musobaqalar, poygalar oʻtkazib turiladi, ot sportiga doyr mashqlar bajariladi va boshqa marosimlar uyushtiriladi. 2004-yil 30 sentabr —1 oktabr kunlari Toshkent otchoparida Ot sporta jahon kubogining saralash bosqichi oʻtkazildi.