Kontent qismiga oʻtish

Toshkent shahri gerbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joriy Toshkent shahri gerbi


Toshkent shahri gerbi- Oʻzbekiston poytaxti - Toshkent shahrining rasmiy ramzi. Gerbning amaldagi versiyasi 1997-yilda qabul qilingan va 2019-yil iyun oyida biroz oʻzgartirilgan.

Gerb – koʻk rangdagi sharqona dumaloq qalqon boʻlib, chetidan Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari bilan oʻralgan. Qalqonning markazida ochiq tillarang qadimiy sharqona naqshli darvozalari boʻlgan koʻk arka joylashgan. Arkaning markazida uchta koʻp-koʻk togʻ qor choʻqqisi tasvirlangan. Arka ostida yam-yashil chinor joyalshgan, uning tanasi ikki oq daryo aylanib oʻtadi. Qalqonning yuqori ichgi qismida "Kuch adolatdadir" (ruscha: «Сила в справедливости») shiyori yozilgan. Gerbning pastki qismida kulrang rangda lotin alifbosida shahar nomi yozilgan. Dumaloq sharqona qalqon himoya ramzidir.

Toshkent gerbi 1909-yil

Toshkent shahri gerbi tasviri P. P. fon Vinklerning “Rossiya imperiyasining 1649-yildan 1900-yilgacha boʻlgan qonunlarning toʻliq toʻplamiga kiritilgan shaharlar, viloyatlar va qishloqlarning gerblari” kitobida berilgan. Ushbu gerb 1878-yil 5-iyulda “yuqori darajada tasdiqlangan”ligini koʻrsatadi. Sirdaryo viloyati gerbining ta’rifini takrorlovchi tavsif berilgan: “Oltin qalqonda, markazining tepa va pastki qismida ikki yashil, agʻdarilgan, uzum barglari va oʻrtasida joʻr boʻlib turgan jozibali toʻlqinsimon kamar ifodalangan. Qalqon ustki qismida qadimgi podshoh toji bilan bezatilgan va qalqon yon qisimlari oltin eman barglari va oltin uzumlar bilan bezatilgan. Aleksandr lentasi bilan bogʻlangan.

Toshkent gerbi, 1981-yil

Toshkent shahri gerbi, 1981-yil namunasi. Bu ochilgan kitob shaklida boʻlib, tomonlar nisbati 2:3 boʻlib, respublika davlat bayrogʻi tasvirlangan. Markazida V.I.Lenin muzey filiali binosining silueti quyosh fonida, pastki qismida gʻoʻzapoya ichidagi kaptar ifodalangan. Tishli kompozitsiyaning markazini egalaydi. Kitobning yuqori qismida oʻzbek tilida(kirilchada) “Toshkent” degan yozuv joylashgan. Ochiq kitob Sharqning buyuk ta'limotini va O'rta Osiyoda sovet ilm-fanining boshlanishini ifodalaydi. Respublika bayrogʻi Sovet Oʻzbekistonining poytaxti ramzidir. Quyosh va uning fonida V.Lenin muzeyi - quyosh shahri, musaffo osmon, Sovet O'zbekistonining ma'muriy va madaniy markazi.