Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xalqaro nomi |
Management Development Institute Of Singapore In Tashkent |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 2007-yil |
Rektori | Ilhom Mamatkulov |
Talabalari | 4500 dan ortiq |
Bakalavriat | Mavjud |
Magistratura | Mavjud |
Professorlari | 80+ |
Manzili | |
Kampusi | Eng zamonaviy |
Veb-sayti | www.mdis.uz |
Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti — 2007-yil 5-sentabrda tashkil etilgan oliy oʻquv yurti.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasining birinchi Prezidenti janob S.R. Natanning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Singapurga keldi. Tashrif chogʻida Oʻzbekiston-Singapur hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi qabul qilingan PQ-691-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
TSMRIning asosiy maqsadi xalqaro oliy taʼlim standartlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
TSMRI bakalavr va magistratura dasturlarini taqdim etadi. Ushbu dasturlar yakunida talabalarga topshiriladigan sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek, xalqaro miqyosda tan olingan.
TSMRI (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun Tadbirkorlik va menejment, Biznes va marketing, Bank va moliya, Buxgalteriya va moliya, Biznesda hisob-kitob, Xalqaro mehmondoʻstlikni boshqarish sohalarida akademik dasturlar orqali Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlik qilgan holda professional rivojlanish imkoniyatini yaratmoqda.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan, shu bilan birga Janubiy Koreya, Ukraina, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻistondan kelgan 3500 nafardan ortiq talaba TSMRI da tahsil olib kelmoqda.
Oʻquv jarayoni Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (MDIS) tomonidan qabul qilingan tamoyillarga, taʼlim standartlariga va oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etiladi. TSMRI akademik xodimlari Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining mahalliy va tajribali xalqaro fakulteti tomonidan yigʻilgan. Bundan tashqari, TSMRI oʻquvchilarining taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsasida „Blackboard Learning System“ tarmogʻiga ulanish va kerakli resurslar bazasiga kirish bilan taʼminlaydi.
Akademik dasturlar yakunlanganidan soʻng beriladigan sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar sifatida tan olinadi va SMRIda taqdim etiladigan darajalar, sifat va standartlarga teng.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil aprel oyida TSMRI Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti tomonidan berilgan ISO 9001: 2008 sertifikatiga ega boʻldi va mamlakat miqyosida xalqaro sifat sertifikatini olgan birinchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi.
Oʻquv binosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]5,2 gektardan ortiq maydonni egallagan TSMRI da zamonaviy oʻquv va maʼruza xonalari, kompyuter laboratoriyalari, mehmonxona amaliyot laboratoriyasi, tennis korti, yopiq suzish havzasi, yopiq basketbol va voleybol maydonlari, futbol, trenajor zali va yugurish uchun moʻljallangan yoʻlak mavjud. Shuningdek, yaxshi jihozlangan yotoqxona binosi ham bor.
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti hududida 140ta yotoq oʻrniga ega boʻlgan, Oʻzbekistonning turli hududlari va chet eldan kelgan talabalar uchun moslashtirilgan talabalar turar joyi ham mavjud.
Xodimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda, TSMRIda 200ga yaqin xodim ishlaydi, shu jumladan Singapur, Amerika, Turkiya, Buyuk Britaniya, Eron, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa koʻplab yuqori malakali professor-oʻqituvchilar ham mavjud. Mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda, TSMRI oʻz talabalari uchun eng yaxshi oʻquv tajribasini taʼminlash maqsadida taniqli isteʼdodlarni jalb qilishga intiladi. Barcha maʼruzachilar yuqori malakali maʼmuriyat xodimlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi va doimiy ravishda Singapurdan professional taʼlim va yoʻl-yoʻriqlar taqdim etiladi. Institutning maqsadi — xalqaro standartlar va amaliyotlarga toʻliq mos keladigan doimiy xodimlarning oʻsishini va kasbiy rivojlanishini taʼminlashga harakat qiladi.