Kontent qismiga oʻtish

Toshkent yogʻmoy kombinati aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"TOSHKENT YOGʻMOY KOMBINATI" AKSIYADORLIK JAMIYATI — yirik yogʻmoy korxonalaridan biri, "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibida. Paxta chigitini qayta ishlash negizida margarin, oziq-ovqat yogʻlari, konditer maxsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladigan yogʻlar, qadoqlangan va salat yogʻlari, mayonez, tozalanmagan yogʻ, salomas yogʻi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish.ning ikkilamchi mahsulotlari — shulxa va kunjarani chorvachilik xoʻjaliklariga sotadi.

Korxonaning margarin ishlab chiqaruvchi 1navbati 1965-yilda, paxta yogʻi ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarish. quvvati sutkasiga 360 t chigit ) 2navbati 1971-yilda foydalanishga topshirildi. 1992-yil yillik quvvati 22,4 ming t boʻlgan quyma margarin zdi qurib ishga tushirildi. 1994-yilda korxona ochiq turdagi "Toshmaryogʻ" aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2003-yildan aksiyalarining 62,4%ini sotib olgan Lixtenshteynning "Beglan investmen" kompaniyasi ishtirokidagi qoʻshma korxona. 2003-yildan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini yaxshilash uchun chetdan palma, kokos, kungaboqar, soya yogʻlari sotib oladi.

2003-yilda 19901 t oziq-ovqat salomasi, 17650 t margarin mahsulotlari, 25 t mayonez, 786 t qadoqlangan moy, 3447 t oʻsimlik yogi ishlab chiqarildi. Mahsulotlari eksport qilinadi.