Kontent qismiga oʻtish

Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toshoʻgʻuz aeroportidan yoʻnaltirildi)
Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti
Daşoguz halkara howa menzili
Mejdunarodniy aeroport Dashoguz
IATA kodi: TAZICAO kodi: UTAT
Qisqacha bayon
Aeroport turi fuqarolik
Egasi Turkmaniston hukumati
Operator Turkmenhowayollary Agency [1]
Joylashuvi Toshoʻgʻuz, Toshoʻgʻuz viloyati, Turkmaniston
Havo yoʻli tuguni Turkmaniston havo yoʻllari
Koordinatalari 41°45′53″N 59°49′59″E / 41.76472°N 59.83306°E / 41.76472; 59.83306
Vebsayti dashoguzairport.gov.tm
Xarita
TAZ (Turkmaniston)
TAZ
Aeroportning Turkmaniston xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
08/26 12,303 3,750 Beton
Manba: Aeroponovtika axborot nashri Turkmaniston[2]

Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti (turkmancha: Daşoguz halkara howa menzili) (IATA: TAZICAO: UTAT) – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz viloyatidagi yirik aeroport, Toshoʻgʻuz shahridan 15 km janubi-gʻarbda joylashgan. Aeroport, asosan, mahalliy yoʻnalishlardagi parvozlarga xizmat koʻrsatadi. Barcha turdagi samolyotlar va istalgan oʻlchamdagi vertolyotlar, xususan, Boeing 747 va Il-96 kabi yirik samolyotlarni ham qabul qila oladi.

Birinchi parvoz – Kogon-Toshhovuz-Xiva yoʻnalishida 1924-yil sentyabrda amalga oshirilgan, keyinchalik bu muntazam yoʻnalishga aylanadi.

1940-yildan beri Chorjoʻy-Toʻrtkoʻl-Toshhovuz yoʻnalishidagi parvozlarga ruxsat berilgan. Sovet davrida Moskva, Leninobod, Toshkent, Ashxobod, Ufa, Mineralnye vodi va SSSRning boshqa aeroportlariga muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilgan.

1973-yil 10-oktyabrda yoqilgʻi tizimining notoʻgʻri ishlashi tufatyli Li-2 samolyoti aeroport yaqinida qulab tushgan. 5 kishi halok boʻlgan. Ushbu voqeadan keyin SSSR fuqaro aviatsiyasida Li-2 samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish toʻxtatildi[3].

Yangi terminal binosi 1984-yilda ochilgan.

Zamonaviy qurilmalar oʻrnatilgan rekonstruksiyadan chiqqan terminal binosi 2009-yilda foydalanishga topshirildi. Aeroport terminali soatiga 300 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.

2013-yilda 50 metr balandlikdagi havo harakatini boshqarish minorasi qurilishi boshlandi, ular bilan birga 200 million dollarlik asosiy va tutashuvchi taksi yoʻllari va samolyotlar uchun perron faoliyati boshlandi[4][5]. Loyiha doirasida uzunligi 3800 metr boʻlgan sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlagi, 5 ta taksi yoʻlakchasi va samolyotlarni toʻxtash joyi uchun perron yaratildi. 4 ta darvozali, soatiga 500 yoʻlovchiga moʻljallangan yoʻlovchi terminali binosi, VIP terminal va boshqa bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilgan[6].

2015-yilda Ukrainaning Altcom kompaniyasi uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruksiya qildi, uning oʻlchamlari 3800 × 60 metrga oshirildi (2 × 7,5 metr yelkalari bor). Aerodrom zamonaviy aeronavtika va avtomatlashtirilgan meteorologik texnik vositalar bilan jihozlangan[7].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi tashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Turkmaniston havo yoʻllari Ashxobod, Mari, Turkmanboshi
Aviakompaniya Manzillar
Turkmaniston havo yoʻllari[8][9] Ashxobod, Mari, Turkmanboshi

Yer usti transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daşoguzawtoulag (oʻzbekcha: Toshoʻgʻuz avto-ulov) kompaniyasi Toshoʻgʻuz aeroportiga oʻz xizmatlarini taklif qiladi[10]. Taksi toʻxtash joyi hamda avtobus bekati uchib kelish zali tashqarisida joylashgan.

  1. „Общая информация“. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
  2. AIP Turkmenistan (Wayback Machine saytida 2013-03-31 sanasida arxivlangan)
  3. „Катастрофа Ли-2 Туркменского УГА близ а/п Ташауз (борт СССР-71209), 10 октября 1973 года. // AirDisaster.ru - авиационные происшествия, инциденты и авиакатастрофы в СССР и России - факты, история, статистика“.
  4. „Украинские строители завершили сооружение взлетной полосы в аэропорту Дашогуз в Туркмении“.
  5. „Украинская компания "Альтком" успешно строит новый аэропорт Дашогуза - Новости Туркменистана“. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  6. „Видео“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  7. Украинские строители завершили сооружение взлетной полосы в аэропорту Дашогуз в Туркмении
  8. „Flight History of EZ-F429 (Turkmenistan Airlines)-11 May 2023“. FlightAware.
  9. „Flight History of EZ-F430“. Flightradar24. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  10. „OUR SERVICES“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.