Kontent qismiga oʻtish

Toshoʻgʻuz

Koordinatalari: 41°49′0″N 59°58′15″E / 41.81667°N 59.97083°E / 41.81667; 59.97083
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshhovuz
shahar
Fayl:Toshhovuz (1) (46100624911).jpg
41°49′0″N 59°58′15″E / 41.81667°N 59.97083°E / 41.81667; 59.97083
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Toshhovuz viloyati
Hukumat
 • Xokim Muhammadniyoz Nurmuhammedov[1]
Asos solingan 1681
Avvalgi nomlari Toshhovuz, Dashxovuz
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2013)
285 360
Milliy tarkib oʻzbeklar, turkmanlar, ruslar, tatarlar, qozoqlar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 322
Pochta indeks(lar)i 746300
Avtomobil kodi DZ
Toshoʻgʻuz xaritada

Toshhovuz yoki Dashoguz (turkmancha: Daşoguz), uning sobiq nomi ToshhovuzTurkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Turkmanistonning shimolida, Xorazm vohasida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Toshhovuzdan Ashxobodgacha 635 km. Aholisi 285 360 kishi (2013).

Toshhovuz shahriga asosiy tamal toshi 1681-yili Xorazm vohasiga janubdan kirishda karvonsaroy va uning yonida toshdan qurilgan katta hovuzning qurilishi bilan boshlangan. Karvonsaroy atrofida yillar oʻtgach oʻziga xos bozor va aholi maskani paydo boʻlgach 1816-yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806—1825) tomonidan hudud qal'a bilan oʻrab olinadi. Olloqulixon davriga kelib Rossiya tomonidan Xorazmga tahdidlar kuchaygach vohaning janubiy darvozasiga aylangan ushbu qal'a mustahkamlanadi. 1873-yilda Xiva xonligi tarkibida Rossiya imperiyasi protektoratiga kiritilgan[2]. 1920-yildan XXSRda; 1924-yildan shahar Turkmaniston tarkibidagi viloyat markazi; 1925-yildan Turkmaniston SSR okrug markazi. 1939— 63 yillarda viloyat markazi, 1970-yildan yana viloyat markazi.[3] Shahar 1992-yilgacha Toshhovuz soʻzining fonetik oʻzgargan shakli boʻlmish "Tashauz" deb atalib kelingan. 1992-yilda uning nomi "Dashhovuz" shaklida oʻzgartirilgan. 1999-yilda shahar va viloyatning nomi Turkmanistonning birinchi prezidenti Safarmurod Niyozovning shaxsiy taklifi bilan "tashqi oʻgʻuzlar" ma'nosidagi "Dashoguz" soʻzi bilan almashtirildi. Ammo bu nomlash ilmiy asosdan koʻra siyosiy maqsadni koʻzlagan.

Adabiy oʻzbek tili qoidalari boʻyicha atamalarning oʻzbekcha muqobili boʻlgan paytda ularni ushbu muqobili boʻyicha tabdil qilishni nazarda tutadi va shu sababli oʻzbek tilida Toshhovuz nomini qoʻllash toʻgʻridir. Tashoʻgʻuz yoki Dashoguz atamalarini qoʻllash adabiy til normalariga ziddir.

Toshhovuz meʼmorligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qalʼa qurilishi bilan bogʻliq. Olloqulixon davrida qalʼa kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qoʻrgʻonlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. 19-asr oxiriga kelib, turli urushlar natijasida qalʼaning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864—1910) davrida saroy qayta tiklangan. 19-asr oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin doʻkon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va Madrasa boʻlgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi koʻplab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. 1950-yillardan shahar Shovot kanalining chap sohili boʻylab kengaytirila boshladi. Eski shaharning katta qismini tashkil etgan paxsali imoratlar oʻrnida gʻishtin va temirbeton binolar, temir yoʻl vokzali va boshqalar qurildi.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshhovuzda paxta tozalash, yogʻmoy, pivo, sut, qishloq xoʻjaligi. mashinalarini taʼmirlash, qurilish materiallari, temirbeton buyumlar, grafitli elektrodlar zdlari, gilamchilik, tikuvchilik, konditer fabrikalari, goʻsht, don mahsulotlari ktlari ishlab turibdi. Aeroport, qishloq xoʻjaligi instituti va texnikumi, tibbiyot va pedagogika bilim yurtlari, madaniyat va istirohat bogʻi bor.

  1. Turkmenistan Project reports, 2007-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-11
  2. STANTOURS — Turkmenistan — Dashogus City / Tashauz
  3. IDMC Report, 2009-04-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-20